Ovro‘po Ittifoqi qochqinlarga yordam berishga kelishib olishdi

Image copyright Reuters

Ovro‘po Ittifoqi rahbarlari Yaqin Sharqdagi suriyalik qochqinlarga yordam berish uchun BMT agentliklariga qo‘shimcha 1 milliard yevro berishga kelishib olishdi.

Undan tashqari, millionlab suriyaliklar qochib o‘tgan Suriyaga qo‘shni davlatlarga yordam beriladi.

Rahbarlar, shuningdek, Ovro‘po Ittifoqining tashqi chegaralarini mustahkamlashga kelishib oldilar.

Ovro‘po Kengashi prezidenti Donald Task "qochqinlar va muhojirlarning eng katta oqimi hali endi keladi", deya ogohlantirdi.

"Biz ochish eshiklar va ochiq derazalar siyosatimizni to‘g‘rilab olishimiz kerak", - dedi u.

Bu yilning o‘zida yarim million muhojir Ovro‘poga kelib Ovro‘po Ittifoqi ichidagi keskin bo‘linishlarni fosh qildi.

Ittifoqqa a‘zo davlatlar 120 ming muhojir borasida janjallashishda davom etar ekanlar, Bryusseldagi favqulodda yig‘in ochildi.

Image copyright bbc

Qator a‘zo davlatlar Ittifoq a‘zolariga nisbatan majburiy kvota o‘rnatilishiga qarshilar. Slovakiya hatto sudga murojaat qildi.

Ovro‘po Ittifoqi rahbarlari quyidagilarga kelishib olishdi:

Kamida 1 milliard yevro BMT qochqinlar agentligi va Jahon oziq-ovqat tashkilotiga beriladi.

Livan, Iordaniya, Turkiya va boshqa davlatlarga ko‘proq yordam beriladi.

Turkiya bilan yaqindan hamkorlik va muloqot olib boriladi.

Shimol sari harakat qilayotgan muhojirlar uchun asosiy yo‘lakka aylangan Bolqon davlatlariga yordam beriladi.

Chegaralar mustahkamlanadi, xususan chegara xavfsizlik kuchlariga ko‘proq moliyalanadi.

Ovro‘po Ittifoqi rahbarlari, shuningdek, muhojirlarning ilk kirish nuqtasi bo‘lgan davlatlarda tekshiruv markazlarini barpo qilishga kelishib oldilar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio