Haj ziyoratidagi taloto‘pda yuzlab odam nobud bo‘ldi

Image copyright AP

Saudiya Arabistoni rasmiylari bildirishlaricha, musulmonlar uchun muqaddas Makka shahri yaqinidagi Haj ziyoratini ado qilayotgan odamlar orasida yuzaga kelgan taloto‘pda kamida 717 kishi halok bo‘lgan.

Yana 863 odam ziyoratchi esa jarohat olishgan.

O‘zbekiston hukumati qoshidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ma‘lum qilishicha, payshanba kuni Saudiya Aarabistonining Mino vodiysida yuz bergan hodisada o‘zbekistonlik hojilar "hech qanday talofat ko‘rishmagan".

Hukumat voizi Twitterda tarqatgan xabariga ko‘ra, Makkadan 5 kilometr uzoqlikda joylashgan Mina shahrida yuzaga kelgan mazkur tiqilinchda yana 400 odam jarohat olishgan.

Xabarda aytilishicha, qutqaruv ishlari boshlab yuborilgan - 4 ming xodim va 220 qutqaruvchi bo‘linmalari jalb qilingan.

Jarohat olganlar yaqin hududdagi kasalxonalarga eltilmoqda.

Taloto‘p Qurbon hayitining ilk kunida yuz berdi.

Hukumat halok bo‘lganlarning qaysi mamlakat fuqarolar ekanini hali ochiqlamadi.

Taloto‘pga nima sabab bo‘lgani aniq emas.

Ammo, Al-Jazira kanali muxbiri Basma Atassiy Minadan xabar qilishicha, tiqilinch Jamarat ustunlariga tosh otayotgan odamlar orasida emas, balki 204-ko‘chada o‘rnatilgan chodirlar orasida yuz bergan.

"Bir guruh ziyoratchilar polda o‘tirishgandi. Boshqa guruh kelib ularning ustidan yurib ketgan va taloto‘p yuzaga kelgan", - dedi u.

Shu oy boshida Makkadagi Masjidul Haramda kran qulab 109 kishini o‘ldirgan va 400dan ortig‘ini yaralagandi.

Haj ziyorati oxirgi to‘qqiz yil ichida saudiy hukumati amalga oshirgan qator xavfsizlik choralari tufayli halokatlarsiz ado etilayotgandi.

2006 yilda Minadagi shaytonga ramziy tosh otish marosimida taloto‘p yuzaga kelib 364 ziyoratchi nobud bo‘lgandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio