"Mino vodiysidagi izdihomda o‘zbekistonlik hojilar talofat ko‘rmadilar"

Image copyright AP

O‘zbekiston hukumati qoshidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ma‘lum qilishicha, payshanba kuni Saudiya Aarabistonining Mino vodiysida yuz bergan hodisada o‘zbekistonlik hojilar "hech qanday talofat ko‘rishmagan".

Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonlik hojilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhga tayanib, xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, Mino vodiysida joylashgan Jamarot - Shaytonga tosh otadigan joyga olib boruvchi va undan qaytiladigan yo‘lda izdihom yuzaga kelgan payt o‘zbekistonlik hojilar Muzdalifa vodiysidan Minoga qaytayotgan edilar.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning aytishicha, "o‘zbekistonlik hojilarning barchalari sog‘u salomat, ibodatlarini davom etmoqdalar".

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Mino vodiysida halok bo‘lganlar soni kamida 717 kishiga yetgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer