Rossiya podshoh va rafiqasi suyaklarini qayta qazib oldi

Image copyright Getty
Image caption Tsar Nikolay II oilasi bilan

Rossiyada tergovchilar 1918-yilda qatl etilgan podshoh va uning rafiqasi jasadlari qoldiqlarini qazib olishdi.

Qatl hodisasini qayta tergov qilish harakatlari doirasida Chor Podshohi Nikolay II va uning ayoli Aleksandra qoldiqlari, hamda podshohning 1881-yilda qatl etilgan bobosi Aleksandr IIning qonga belangan formasidan analiz olindi.

Bolsheviklar otib o‘ldirgan Romanovlar oilasi a‘zolari Sankt-Peterburgdagi katedralda dafn qilinganlar.

Rossiyaning Pravoslav cherkovi ularning yoniga boshqa qarindoshlari ham dafn etilishidan avval oilaviy rishtalar aniqlashtirilishini istaydi.

Romanovlarning qoldiqlari Uraldagi ommaviy qabrda 1991-yilda topilishi ortidan DNK sinovlari o‘tkazilgan va uzoq yillar davom etgan qotillik ishi 1998-yilda yopilgandi.

Image caption To‘rt Romanov malikalari ukalari Aleksey bilan

Ammo, DNK sinovlari Rossiya Pravoslav cherkovining ishonchini komil qilmadi, chunki ikki Romanov - Tsarevich Aleksey va Buyuk Knyajna Mariyaning qoldiqlari 2007 yilda Uraldagi boshqa joyda topilgandi.

Endilikda Rossiyaning Tergov qo‘mitasi ikki jasad haqiqatan ham Romanovlarga tegishli ekanini aniqlash uchun tekshiruvlar kerak ekanini aytgan.

Rossiya Aleksey va Mariyani Sankt-Peterburgdagi Pyotr va Pavel katedralida, qolgan oila a‘zolari yonida danf etishni rejalamoqda. Ammo, buni amalga oshirishdan avval, cherkov jasadlar kimga tegishli ekani aniqlanishini istaydi.

1918-yilda Podshoh Nikolay II, uning rafiqasi Aleksandra, to‘rt qizi - buyuk knyajnalar Anastasiya, Mariya, Olga va Tatyana, hamda o‘g‘li Tsarevich Aleksey to‘rt saroy xodimi bilan birgalikda Yekaterinburgdagi uyning yerto‘lasida qatl etilganlar.

Guvohlarga ko‘ra, ular huddi oilaviy suratga tayyorlangandek qator tizib qo‘yilganlar va so‘ng bolsheviklar "o‘qlari yomg‘iri" ostida halok bo‘lganlar.

Podshoh va uning rafiqasi uch qizi bilan birgalikda qotillikning 80 yillik sanasida, ya‘ni 1998-yil 17 iyulda qayta dafn etilgandilar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio