Putin va Obama Nyu-Yorkda uchrashishadi

Image copyright AP
Image caption Ikki rahbar o‘rtasida avvalgi uchrashuvlar sovuq kechgan

Har ikki davlat rasmiylarining aytishlaricha, AQSh Prezidenti Barak Obama va rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin dushanba kuni Nyu-Yorkda yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazadilar.

Bu ularning oxirgi qariyb bir yil mobaynidagi ilk uchrashuvlari bo‘lishi kutilmoqda.

Rossiyaning Suriyadagi harbiy ishtirokini kuchaytirishi hamda o‘tgan yili Qrimni annektsiya qilishi o‘zaro munosabatlarda tanglikka sabab bo‘lgan.

AQSh rasmiysining Frans-Press agentligiga aytishicha, har ikki rahbar BMT Bosh Assambleyasining sessiyasi chog‘ida uchrashadilar.

Putin va Obama oxirgi marta Eronning yadroviy dasturiga doir kelishuv ortidan telefon orqali muloqot qilganlari bildirilgan.

"Ukraina va Suriyadagi vaziyatni e‘tiborga olgan holda, Moskva bilan o‘zaro mavqe‘lardagi katta farqqa qaramasdan, Prezident rossiyaliklarni eng oliy darajadagi muzokaralarga jalb etish orqali ilgari siljishga erishishga harakat qilmaslikni mas‘uliyatsizlik bo‘lur edi, deb ishonadi", - deb aytgan Oq Uy mulozimi BBCga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar nazarida uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad Rossiyaning shu yil fevralida Minskda erishilgan Ukrainada otashkesim bitimiga rioya qilishiga erishishdir.

Muxbirlarga ko‘ra, Putinning BMT Bosh Assambleyasida chiqish qilish-qilmasligi noma‘lum.

Rossiya Prezidenti dushanba kuni shuningdek, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan ham uchrashadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio