Qunduzni qaytarib olish uchun harbiy amaliyotlar bormoqda

Afg‘oniston kuchlari Qunduz shahrini toliblar qo‘lidan qaytarib olish uchun harbiy amaliyotlar boshlagan.Shahar dushanba kuni Tolibon tomonidan ishg‘ol qilingandi.

Xavfsizlik kuchlari markaziy qamoqxona va politsiya qarorgohi atrofidagi hududlarni tozalashgan.

Amerikaga ko‘ra, mamlakat shimolidagi ushbu shahar seshanba kuni ertalab havo hujumlariga tutilgan.

Kuni kecha jangarilar Qunduz nazoratini qo‘lga kiritishgan va qamoqxonadan yuzlab mahbuslarni chiqarib yuborishgan. Afg‘on qo‘shinlari va rasmiylari esa, havo qo‘nolg‘asiga chekinishgandi.

Mazkur hodisa Prezident Ashraf G‘ani davlat tepasiga kelganiga bir yil to‘lishi manzarasida kuzatilmoqda.

Bu jangarilarning yillar davomida uyushtirgan eng qaqshatqich hujumlaridan biridir. 2001 yil Amerika boshchiligidagi harbiy amaliyotlar ortidan qudratdan ketgan Tolibon ilk bor viloyat markazini ishg‘ol qildi.

Va bu G‘ani janoblarining birdamlik hukumatiga katta bosim qo‘yadi.

Ammo, BBC muharriri Dovud A‘zamiyning aytishicha, afg‘on kuchlari uchun asosiy vazifa Qunduzni nazoratini qo‘lda ushlab turish bo‘ladi.

Hozir qo‘shni viloyatlardan qo‘shimcha kuchlar yetib borgani xabar qilinmoqda.

Ichki ishlar vazirligi rasmiysi Matin Safroz shaharda "jiddiy janglar" borayotganini aytgan.

"Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari shaharning aksar strategik muhim qismlarini qayta qo‘lga kiritmoqda. Va ko‘plab hududlarda otishmalar kechmoqda", deydi u.

Xabarlarga ko‘ra, Qunduz shahrining ko‘p qismida telefon aloqasi va elektr ta‘minoti uzilganicha qolmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq