Qunduzni olgan toliblarga selfi nega kerak?

Afg‘onistondagi toliblar targ‘ibotni juda yaxshi ko‘radilar. Qunduzga qilingan hujum esa ular uchun bu targ‘ibotdan yanada samaraliroq foydalanish imkonini berdi, deb yozadi BBCning Afg‘onistondagi muxbiri Muhammad Zohid.

Image copyright Other

Ochib yuborilgan qamoqxonlardan shoshib chiqayotgan mahbuslardan tortib, Qunduz ko‘chalarida olingan bir necha "selfi"lar shaharga hujumning esda qolarli lahzalaridir.

Toliblar Facebook va Twitter da ancha faol. Mobil telefonlariga shiorlar ham jo‘natishlari mumkin. Lekin ko‘chalarda "selfi" olish faoliyati birinchi marotaba kuzatilmoqda.

Selfilarni olganlarning aksari, ko‘rinishicha, shu vaqtgacha harbiy muvaffaqiyat nashidasini u qadar ko‘p tuymagan yosh isyonchilar. Ular o‘z jangovor ruhlarini bu bilan namoyish qilib qo‘ymoqchideklar. Boshqa tomondan afg‘on xavfsizlik kuchlari ittifoqchi kuchlarning havodan qo‘llovi yordamida qarshi hujumda muvaffaqiyat qozonsalar, bu nashida isyonchilar uchun uzoqqa cho‘zilmaydi.

Toliblar dushanba kuni o‘zlarining Voice of Jihad tashviqot sahifalarida bir bayonot va ikki marotaba yangilik e‘lon qildilar. Bunga qo‘shimcha video va audio ma‘lumotlar joylashtirdilar.

Shahar uzra bayroqla

Image copyright Other

Toliblar so‘zchisi Zabihullo Mujohid doxil qator isyonchilar shaharning turli qismlarida o‘z qo‘llari baland kelayotganini ko‘rsatuvchi o‘zlarining oq bayroqlari bilan tushgan suratlarini nashr qildilar.

Bu bilan Toliblar o‘zlarining "insoniyroq" siymolarini namoyon qilmoqchi bo‘lgandeklar. Toliblarning yangi rahbari bayonotlarining ohangi ham Qunduz yashovchilarini "tinchlantirish" ruhida edi. Qunduzga nogahon hujum va ijtimoiy tarmoqlarga yangi yondoshuv yangi rahbarning boshqaruv uslubidan dalolat berishi mumkin.

Afg‘onistonda ko‘plar bir emas bir necha mobil telefonlarga egalar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish keng tarqalgan.

Lekin oxirgi o‘n yilda o‘z fikrini ochiq izhor qilish tajribasini boshdan kechirganlar uchun Toliblarning ijtimoiy tarmoqlardagi tashviqoti u qadar samarali bo‘lmasa kerak.

Image copyright Other
Image caption Tolo agentligi jurnalisti Soliha Saodat Toliblarning Qunduz shifoxonasiga kirib kelgan onlarini suratga tushirgan

Toliblarga qarshi mamlakatda keng qamrovli muxoliflik mavjud. Toliblarning ijtimoiy tarmoqlardagi joriy amallari go‘yoki bu kabi muxoliflik yo‘qligini namoyish etishga urinishdek. Ular xalq qo‘llovi va xayrixohligiga erishmoqchilar. Ular jurnalistlar o‘ngida ham tayyorlik bilan suratga olishga izn berdilar. Biladilarki bu suratlar keng ommaga yoyiladi...

Lekin rasmlardan ilg‘ash qiyin bo‘lgan narsa - bu suratlar olinayotgan vaqti yon-atrofdagilar o‘zlarini qanday his qilganlari. Toliblar ba‘zilar bilan selfilarga tushishga qarshi emaslar, lekin ular shaharga bostirib kirganlar va yashovchilar orasida qon to‘kilishi va boshboshdoqlik yuzasidan xavotirlar bor.

Bu xavotirlar shahardan berilayotgan twitlarda o‘z aksini topgan. Aholi o‘z qurquvlari haqida gapirib, bir kishi raketa kelib tushgan vaqti yaqini halok bo‘lganligini xabar bergan.

Aholi tomonidan tarqatilgan rasmlarda, shuningdek, ularning shaharni tashlab chiqayotganlari aks etgan. Ko‘plab tahlilchilar Toliblar Qunduzni uzoq ushlab tura olmaydilar, degan fikrdalar. Shuning uchun selfilar bu muvaqqat g‘alaba nashidasini tuyib qolishning yana bir yo‘lidir.

Image copyright Other

Selfilarning maqsadi osonlikcha erishilgan muvaffaqiyatni aks ettirish bo‘lsa ham, aholi g‘ulg‘ula va og‘riqli vaziyat haqida aytmoqda.

Toliblar qanday taktikani qo‘llamasinlar, Qunduz ustidan ramziy g‘alaba odamlar xotirasiga ayollarning ta‘lim olish huquqidan mosuvo bo‘lganlari, omma o‘ngida sazoyi qilingan, savalangan va toshbo‘ron qilinganlarni qaytarishi tayin.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio