Hajdagi taloto‘p: Eronlik qurbonlar soni 464ga chiqdi

Image copyright AFP
Image caption Tehrondagi Saudiy elchixonasi g‘azabnok namoyishlar nishoniga aylandi

Eronning bildirishicha, o‘tgan hafta Haj ziyoratidagi tiqilinchda o‘lgan o‘z fuqarolarining soni 464 kishiga chiqqan. Bu avvalgi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘pdir.

Eron rasmiylari bedarak ketgan eronlik ziyoratchilarni omon qolganiga umidlar so‘nganini aytishdi.

Saudiy hukumatiga ko‘ra, Minodagi taloto‘pda 769 odam o‘lgan, 934 nafari jarohat olgan.

Saudiylar xavfsizlik choralari yetarli bo‘lmagani, hamda talafotlar sonini ochiqlashda imillaganlari uchun tanqid qilinganlar.

Eron hukumati aslida nobud bo‘lgan soni 1000dan ko‘p deb ishonadilar. Pokiston, Hindiston va Indoneziya ham nobud bo‘lgan ziyoratchilar soni saudiylar aytayotgan 769dan yuqoriroq bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Saudiy rasmiylari qurbonlarning millatini aniqlamagan, ammo boshqa davlatlar nobud bo‘lgan fuqarolari sonini chop qilishar ekan, umumiy ko‘rsatkich saudiylar e‘lon qilganidan oshib ketgan.

Image copyright EPA

Eronning ruhoniy rahbari Oyatullo Ali Homanaiy Saudiya Arabistonini taloto‘p uchun kechirim so‘rashga chaqirdi va u eronliklar jasadlarini zudlik bilan vatanga qaytarmasa, "qat‘iy" choralar ko‘rishini aytib ogohlantirdi.

Saudiya Arabistonining tashqi ishlar vaziri Abed al-Jubayr Eronni mazkur masalani siyosiylashtirishda aybladi va Saudiy qiroli Salmon buyurgan tergov natijalarini kutishga chaqirdi.

Saudiy rasmiylari taloto‘p uchun ziyoratchilarni ayblashgan va ular qoidalarni buzib harakat qilganlarini aytgan.

O‘zbekiston hukumatining diniy idorasi o‘zbekistonlik ziyoratchilar ziyon ko‘rmaganlarini bildirgan.

Qurbonlarning millati bo‘yicha shu vaqtgacha aniqlangan soni:

Eron: 464

Misr: 75 (94 bedarak)

Nigeriya: 64 (244 bedarak)

Indoneziya: 57 (78 bedarak)

Mali: 60

Hindiston: 45

Pokiston: 40 (60dan oshiq bedarak)

Niger: 22

Kamerun: kamida 20

Fil suyagi qirg‘og‘i: 14 (77 bedarak)

Chad: 11

Jazoir: 11

Somali: 8 (matbuot xabarlari)

Senegal: 10

Marokash: 10 (29 bedarak)

Liviya: 4 (16 bedarak)

Tanzaniya: 4

Keniya: 3

Tunis: 2

Burkina Faso: 1

Burundi: 1

Gollandiya: 1

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio