Qirg‘iziston saylovlarida kimning qo‘li baland keladi?

Image copyright caanetwork.org

Kelayotgan yakshanba kuni Qirg‘izistonda o‘tadigan parlament saylovlarida ishtirok etish uchun 14 partiya ruyxatdan o‘tgan. Ulardan Sotsial-Demokratlar partiyasi, Respublika - Ota Yurt bloki va Ota Meken partiyalari eng ko‘zga ko‘ringan deb hisoblanadi. Ba‘zi kuzatuvchilarning fikrlariga ko‘ra, bu galgi saylovoldi kampaniyasida katta farq ko‘rinmaydi.

Bo‘lajak Qirg‘iz parlamentining samaradorligi va joriy saylovoldi harakatlari borasida Qirg‘iziston masalalari bo‘yicha AQShlik tahlilchi va asli qirg‘izistonlik professor Erika Maratni suhbatga tortdik.

Erika Marat: Afsuski, men bu galgi saylov oldi kampaniyasida katta farq ko‘rmayapman. Hozirda ham biz ovozlarni sotib olish urinishlariga guvoh bo‘layapmiz. Aniq dasturiy amallar yangramayapti va aholini ish bilan ta‘minlash kabi muhim siyosiy va ijtimoiy masalalarda turli partiyalar o‘rtasidagi qarashlarda deyarli katta farq yo‘q, deb o‘ylayman. Boshqa tarafdan esa, partiyalar o‘tmishga qaraganda kuchli rahbarlar atrofida jibslashishdi. Masalan Ota Yurt va Respublika xozirda birlashishdi biroq parlamentga kelganlarida ehtimol bu partiyalar o‘rtasida bo‘linishlar ro‘y berishi mumkin.

BBC: Besh yil oldin yigirmadan oshiq partiya salovlrda ishtirok etgandi. Hozirgi kunda 14 partiya ruyxatdan o‘tgan, shu faktni inobatga olib, Qirg‘iz parlamentining kelajagi qanchalar samarador bo‘lishi borasida bashorat qilishingiz mumkinmi?

Erika Marat: So‘zsiz, 2015 yilning saylovlari hayot mamot saylovlar deb aytishimiz mumkin. Chunki tarihda ilk marotaba saylovlar jarayoni qizg‘in va shiddatli vaziyatda va konstitutsiyada qayd etilgan muddat ichida o‘tkazilmoqda. Va shu orqali joriy konstitutsiyani tasdiqlashadi deb aytishimiz mumkin. Agar bu yil saylovlar tartibli kechsa, undan so‘ng 2020 yildagi saylovlar ham tinchlik bilan o‘tadigan bo‘lsa, Qirg‘izistonda parlament tizimi astoydil mustahkamlandi deb ta‘kidlashimiz mumkin bo‘ladi. Bu yil turli partiyalarda biz ko‘proq yosh siyosatchilarni ko‘rayapmiz. Shu bilan birga, men parlament saylovlarida yoshlarning rolini oshirtirib ko‘rsatishdan voz kechardim, chunki ba‘zi yosh siyosatchilar o‘zlarini noprogressiv tarafdan namoyon etib bo‘lishgan. Ya‘ni haddan tashqari siyosiylashgan bo‘lishlari bilan bu yoshlar ko‘proq avtoritarlikka moyillik ko‘rsatadilar. Bundan tashqari mamlakatning turli hududlarida saylovchilarning ovozlarini ko‘lga kiritish maqsdida Ota Yurt va Respublika kabi ba‘zi partiyalar Qirg‘iziston Sotsial-Demokratlar partiyasiga qarshi turish uchun bir blok tuzishga qaror qigani ham bu saylovlarning yangiliklardan biridir.

BBC: Siyosiy dasturlarni tahlil qilib, partiyalarni qanday ta‘riflagan bo‘lardingiz?

Erika Marat: Hozirgi kunda Qirg‘iziston Sotsial Demokratlar partiyasi (SDP), mening nazarimda, Prezident obro‘yi uchun va ega bo‘lgan ma‘muriy zahiralari tufayli eng kuchli mavqe‘da turgan partiyadir. Biroq mazkur partiyalar jiddiy siyosiy platformalar bilan bir biridan ajralib turishini ko‘rmayapman. Asosiy farq - partiya liderlarining o‘tmishdagi siyosiy faoliyatlari yoda biznes manfaatlarida bo‘lishi mumkin. Ehtimol mazkur partiyalar fuqarolar birdamligi g‘oyasiga bo‘lgan munosabatlari orqali farq qilishlari mumkin. Misol uchun, Ota Yurt partiyasi, "Butun Qirg‘iziston" va "Qirg‘iziston" partiyalari ko‘proq etnik qirg‘izlar manfaatlarini muhofaza qiluvchi partiyalar deb aytgan bo‘lardim. Ular jamiyatning barcha etnik guruhlarni qamrab oladigan siyosat qurishmayapti. SDP va "Or Nomus" partiyalari ko‘proq kosmopolit bo‘la turib, boshqa milliy ozchiliklarga ham qaratilgan.

BBC: Bu galgi saylovlarda ovoz beruvchilar nimalarga ko‘proq e‘tibor qaratishadi?

Erika Marat: Saylovchilar ovoz berishga kelganda rahbarlar va partiyalarning siyosiy qarashlari uchun ovoz beradi deb ishonmoqchiman. Biroq bu savolga javob berish qiyin, chunki men saylovchilar orasida qaysi partiyalar populyar ya‘ni ko‘proq ovoz olishlari mumkinligi borasida biror bir so‘rov o‘tkazilganini ko‘rganim yo‘q. Bunday so‘rovlar mamlakat uchun juda ham muhim. Shuning uchun qaysi sabablar yoki omillarga qarab fuqarolar bu yoki u partiyani tanlaganliklarini biz faqat saylov o‘tib bo‘lgandan keyingina bilib olishimiz mumkin. Bugungi kunda Qirg‘izistondagi vaziyat oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigani uchun saylovchilar orasida aniq moyillikni yaqqol ko‘rsatib bo‘lmaydi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio