Xo‘jako‘rsingami: Tadbirkorlar shikoyatini soliq qo‘mitasi ko‘rib chiqarmikan?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi qoshida tadbirkorlarning kichik biznes yo‘lida turgan to‘siqlar borasidagi shikoyatlarini qabul qiladigan maxsus shtab ish boshladi.

Aytilishicha, mazkur shtabga kelib tushgan arizalarni Adliya vazirlishi, Soliq qo‘mitasi, Savdo va sanoat palatasi va boshqa davlat idoralarining xodimlari ko‘rib chiqadilar.

O‘zbekistonda har yili o‘rta va kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha yangi qonun va farmoyishlar chiqariladi, ammo, tadbirkorlar nazarida biznesga eng katta to‘siq deb ko‘rilgan soliqchilar ustidan norozilik arimagan.

Soliqchilarning ustidan soliq qo‘mitasiga shikoyat qilish naqadar samarali bo‘lishi mumkin?

O‘zbekistonlik iqtisodiy tahlilchi Anvar Husainovning aytishicha, bu kabi tashabbus Bosh prokuratura tomonidan ham tashkil etilgandi, ammo Bosh prokuraturaga qilingan shikoyat arzdorning yashab turgan joyidagi prokuratura yoki hokimiyatga qaytariladi.

Aynan mahalliy hokimiyat ustidan qilingan shikoyat shu tarzda javobsiz qolib ketaveradi.

Soliq qo‘mitasiga shikoyatlar biron natijaga olib kelarmikan? Suhbatni tinglang.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio