FIFA homiylari Blatterning iste‘fosini so‘radi

Image copyright Getty

Xalqaro funbol federatsiyasining yirik homiylari Coca-Cola, McDonald's, Visa va Budweiser Zepp Blatterni FIFA prezidentligidan zudlik bilan iste‘fo berishga chaqirdi. Blatter janoblari ushbu chaqiriqlarni rad etdi.

Shirkatlarga ko‘ra, Blatterning federatsiya rahbari sifatida qolayotgan har bir kuni tashkilotning obro‘yiga katta zarba beradi.

"Coca-Cola shirkati FIFA prezidenti Zepp Blatterni zudlik bilan iste‘foga chiqishga chaqiradi. Uning ketishi federatsiyaning qayta shakllanishi jarayonining boshlanishiga olib keladi", - deyiladi kompaniya chiqargan bayonotda.

FIFAga millionlab dollar mablag‘ ajratgan homiylarning Blatter iste‘fosini ochiq va oydin talab qilishi ilk marta uchramoqda.

Blatterning amerikalik advokati tomonidan e‘lon qilingan bayonotida 79 yoshli FIFA prezidenti ushbu chaqiriqqa rad javobini berdi.

FIFAning ahloq qo‘mitasi 26 sentyabr kuni Zepp Blatter va UEFA rahbari Mishel Platiniga nisbatan surishtiruv ishlari boshlanganini ma‘lum qilgan. Blatter janoblarini FIFA manfaatlariga zid shartnoma imzolashda va UEFA prezidentiga noqonuniy pul to‘laganlikda gumon qilinmoqda.

Kelasi yilning fevral oyida o‘z lavozimidan ketadigan FIFA prezidenti tergov ishlariga qaramasdan ushbu muddatdan oldin iste‘fo bermasligini bildirgan.

Shu yilning may oyida federatsiyaning asosiy homiylari tashkilotning rahbariyati a‘zolarining ta‘magirlik, firibgarlik va pul yuvish ayblari bilan hibsga olingani munosabati bilan jiddiy xavotirini bildirgan edi.

Coca-Cola ushbu mojaro sabab futbol bo‘yicha jahon chempionatga dog‘ tushganini aytgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq