Yangicha nom "uzbechka" Neksiyalar bozorini o‘ldirmaydimi?

O‘zbekistonda Daewoo markasi ostida ishlab chiqarilgan mashinalar Rossiya endi Ravon nomi ostida sotiladi.

Kompaniya ko‘pdan beri yangi global brendni ishlab chiqarish ishtiyoqida bo‘lganini bildirgan.

Yangi markadagi avtomobilning taqdimoti 8 oktyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan. Rejaga binoan, Ravon markasi faqat Rossiya bozori doirasida rivojlantiriladi.

Xabar qilinishicha, Nexia, Gentra va qator boshqa modellar yangi brend ostida ishlab chiqariladi.

Daewoo markasiga koreyalik kontsern egalik qiladi. Bu markalar ostida avtomobil ishlab chiqaruvchi GM-Uzbekistan mazkur nomni litsenziya kelishuvi ostida ishlatib keladi. Ayni mashinalar O‘zbekistonda Chevrolet leybli ostida sotiladi.

Rossiyalik mutaxassislarga ko‘ra, Rossiya bozori uchun leyblning o‘zgartirilishi o‘zbek avtomobillarining Rossiyada shundoq ham qisqarayotgan bozoriga katta zarba bo‘ladi.

Rossiyada tadbirkorlik bilan shug‘ullangan iqtisodiy tahlilchi Anvar Husainovga ko‘ra, Rossiya xalqi orasida Neksiya mashinalari eng yaxshi mashinalar degan fikr keng tarqalgandi.

"Neksiya nomi muhim edi. Daewooning ko‘p sonli mashinalari ichida eng yaxshisi Neksiya markasidir. Rossiyaliklar "uzbechka" deb ataydigan Neksiyalar -40 gradusda ham yonadi. Izolyatsiyasi yaxshi, sovuq emas ichida. Moskvada o‘zimda ham Neksiya bor edi. Xo‘jalik ishlari uchun juda mos edi", - deydi u.

Avtomobil bozorida yangi brendning targ‘iboti uchun bir milliard dollardan ko‘p sarflanishi mumkin.

"U yerda raqobatli bozor paydo bo‘lgan. Lada 5 ming dollarlik mashinalarni ishlab chiqarishayapti. Yangi nom bilan eski bozorga kirib borish qiyin bo‘ladi. Ravon Lada bilan raqobat qila oladimi? Yo‘q. Agar raqobat qilmoqchi bo‘lsa, Ravon eng ko‘pi bilan 4 ming dollarga sotilishi kerak. Bu marketologlarning katta xatosi, 20 yil davomida yaratilgan brendni saqlab qolish kerak edi", - deydi u.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio