ID jangarilari Palmiradagi tarixiy obidani portlatdi

Image copyright AFP

Islomiy Davlat jangarilari Suriya shimolidagi qadimiy Palmira shahrida yana bir tarixiy yodgorlikni portlatishdi.

Palmiradagi faol Muhammad Hassan al-Homsiyning aytishicha, shaharni o‘z nazoratida ushlab turgan jangarilar G‘alaba arkini yer bilan yakson qilishdi.

Ark 2000 yil avval qurilgani ishoniladi.

Image copyright AP

UNESCO qadimiy dunyoning eng muhim madaniy markazlaridan biri deb biluvchi bu maskanda ID allaqachon ikki qadimiy ehromni vayron qilganlar.

Londondan amal qiluvchi Suriya inson huquqlari kuzatuvchilari tashkiloti o‘z manbalari bu xabarni tasdiqlaganlarini bildirdi.

Suriyaning qadimiy osori-atiqalarga mas‘ul rahbari Ma‘mun Abdul Karim agar Palmira ID qo‘lida qolaversa, shahar butkul barbod bo‘lishini aytdi.

Image copyright Reuters

UNESCOning bosh direktori Irina Bokova mazkur amal "urush jinoyati" ekanini aytib, xalqaro hamjamiyatni IDning "Suriya xalqini o‘zligi va tarixi"dan mosuvo qilish yo‘lidagi urinishlariga qarshi chiqishga undadi.

ID maqbaralar va haykallar butga sig‘inish ekani va Islomga zid ekaniga ishonadi, hamda ular yo‘q qilinishi kerak deb biladi.

Avgust oyida ID Palmiraning eng taniqli inshootlaridan biri - 2 ming yil avval qurilgan Baalshamin ehromini vayron qilgandi.

Ba‘zi xalqaro tarixchilarga ko‘ra, ID o‘z harbiy amaliyotlarini moliyalash uchun ko‘plab osori-atiqalarni millionlab dollarga pullamoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio