Vatikan oliymaqom ruhoniysi besoqolboz bo‘lib chiqdi

Ruhoniy Charamsa Vatikanda yuqori rutbalardan birini egallab kelgan Image copyright EPA
Image caption Ruhoniy Charamsa Vatikanda yuqori rutbalardan birini egallab kelgan

Vatikandagi yuqori rutbali ruhoniylardan biri o‘zining besoqolboz ekanligini oshkor qildi. Uning iqrori Katolik cherkovining oila borasida ta‘limoti ochiqlab berilishi kerak bo‘lgan yirik yig‘ilish arafasida yangragan.

Asli polshalik 43 yoshli Kristof Charamsa cherkovning hamjinsbozlarga nisbatan qoloq munosabatini kun tartibiga qo‘yish istagi borligini bildirgan.

Ruhoniy Charamsa erkak bilan munosbatda bo‘lganini va o‘zligidan "xursand hamda faxr"lanishini aytgan.

Vatikan uning harakatlarini "juda jiddiy va mas‘uliyatsiz" deya baholagan va janob Charamsani vazifasidan ozod qilgan.

"Matbuot bosimi"

Ruhoniy Charamzaning bayonoti yepiskoplar boshqa masalalar bilan birga hamjinsbozlikni ham muhokama qilish uchun Rimga yig‘ilishi arafasida yangragan.

"Cherkov ko‘zini ochishi va hamjinsbozlarni hayotni sevishdan butkul tiyishga chorlash noinsoniy ekanligini anglab yetish vaqti keldi. Men vazifamdan ketishim kerakligini ham tushunib turibman", - degan janob Charamsa.

U jinsiy ozchilik oldida mas‘uliyati borligini his qilganidan so‘ng bu kabi chiqish qilganini aytgan.

Kristof Charamsa 2003 yildan beri cherkov tamoyillarini himoya qilishga mas‘ul bo‘lgan E‘tiqod doktrinasi yig‘ini a‘zosi bo‘lgan.

Vatikan Charamsaning ortiq yig‘in a‘zosi bo‘la olmasligini, uning ruhoniy sifatida faoliyatini esa mahalliy yepiskop hal qilishini bildirgan.

"Sinod (patriarx huzuridagi kengash) yig‘ilishi arafasida bu kabi bayonot berishga qaror berish o‘ta jiddiy va mas‘uliyatsizlikdir, uning ushbu harakatlari sinod yig‘ilishini haddan tashqari matbuot bosimi ostida qoldiradi", - deyilgan Vatikan tomonidan chiqarilgan xabarda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio