OI noqonuniy muhojirlarga qarshi amaliyot boshladi

Image copyright AFP

Ovro‘po Ittifoqi muhojirlarni kemalarda noqonuniy Ovro‘po sohillariga yetkazish bilan shug‘ullanadiganlarga qarshi yangi maxsus amaliyotini boshlagan.

"Sofiya" deb nomlangan amaliyot ikkinchisi bo‘lib, shu yil iyun oyida OI noqonuniy muhojirlar kemalarini kuzatish va qutqarish, Liviya qirg‘oqlaridan Italiya va Maltaga o‘tish yo‘llarini o‘rganish maqsadidagi birinchi bosqichini boshlagan edi.

"Sofiya" amaliyotida esa OIning maxsus harbiy kemalari odam kontrabandasida gumon qilingan kemalarni to‘xtatish, ichini tekshirish va ortga qaytarish huquqiga ega bo‘ladilar.

Kontrabandachilar yo‘lini to‘sish maqsadida yuborilgan harbiy kemalar Liviya qirg‘oqlaridan 12 dengiz mili uzoqligida joylashishlari ko‘zda tutilgan.

Bu amaliyotni shu yil avgust oyida Liviya sohillarida qutqarilgan ayolning chaqalog‘i nomiga Sofiya deb atashga qaror qilingan.

Ovro‘po Ittifoqi noqonuniy muhojirlar yo‘lini to‘sish maqsadidagi uchinchi bosqich amaliyotlarni ham rejalashtirgan.

Bu bosqichda OI kuchlarini bevosita Liviya quruqligiga joylashtirish ko‘zlangan, ammo buning uchun BMT Xavfsizlik Kengashi va Liviya ma‘qullovi talab qilinadi.

7 oktyabr kuni Strasburgda Ovro‘po Parlamenti majlisiga Olmoniya Kantsleri Angela Merkel va Frantsiya Prezidenti Fransua Olland murojaat bilan chiqishlari xabar qilingan.

Xabar qilinishicha, ayrim kunlari Liviyadan Ovro‘po sohillariga qarab muhojirlar o‘tirgan 20 tacha kema yo‘lga chiqadi.

2015 yil boshidan buyon Afrikaning shimoliy qirg‘oqlaridan Ovro‘poga 130000 dan ortiq muhojir va qochqin yetib borgan.

2700 dan ortiq inson cho‘kib ketgan deb ko‘riladi.

O‘rta Yer dengizidan tashqari katta sondagi muhojirlar Turkiya-Yunoniston chegarasi orqali Ovro‘poga yetib olishga harakat qilmoqdalar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq