Frantsiya hukumati Ablyazovni Rossiyaga topshirishni buyurdi

Image copyright AFP

Frantsiya Bosh vaziri qozoq oligarxi Muxtor Ablyazovni iqtisodiy jinoyatlar ayblariga yuz tutish uchun Rossiyaga topshirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Ablyazov janoblari ikki yildirki Fleri-Meroji turmasidan o‘zining ekstraditsiyasiga qarshi kurashib kelmoqda. Uning ishonishicha, agar u Rossiyaga yuborilsa, Rossiya uni so‘ngra Qozog‘istonga beradi.

Ablyazovga ko‘ra, Qozog‘iston siyosiy sabablar tufayli uning izidan tushgan.

Bosh vazir Manuel Vals estraditsiya qaroriga o‘tgan oy imzo chekkan, biroq Ablyazovga bu haqida o‘tgan hafta xabar berilgan.

Rossiya va Ukrainada Ablyazov qalloblikda ayblanadi. Rossiya uni 5 milliard dollarlik moliyaviy jinoyatlarda ayblasa, Ukraina uning noqonuniy moliyaviy amaliyotlari qiymati 400 million dollarga teng deydi.

Image copyright none

Qozog‘iston ham Ablyazovga qarshi jiddiy ayblovlarni ilgari surgan. Qozoq prokuraturasiga binoan, Ablyazov BTA-bankidan 6 milliard dollarni o‘margan.

Ayblovga ko‘ra, BTA-bankiga egalik qilgan Ablyazov, bank 2009-yilda davlat tasarrufiga o‘tgach, undan pulni o‘g‘irlagan va xorijga chiqib ketgan.

Qozog‘istonlik oligarx o‘zining muxolifatga qilgan dastagi qozoq hukumatiga yoqmaganini da‘vo qilib Britaniyada siyosiy boshpana ostida yashab kelayotgandi.

2012 yilda Britaniya mahkamasi Ablyazovni o‘z mol-mulki haqida yolg‘on gapirishda aybdor deb topib qamoq jazosiga mahkum qilganida, u qochib qolgan.

Bir yildan so‘ng u Frantsiyada hibsga olingan.

Ablyazovning advokati Mark Feyginning Interfaksga aytishicha, uning mijozi Frantsiya hukumati qarori ustidan Ovro‘po inson huquqlari mahkamasiga arz qiladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio