Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazildi

Lukashenko kenja o‘g‘li Nikolay bilan tez tez ko‘rinish beradi Image copyright AP
Image caption Lukashenko kenja o‘g‘li Nikolay bilan tez tez ko‘rinish beradi

Markaziy saylov komissiyasi web sahifasida aytilishicha, mahalliy vaqt soat 12 da saylovchilarning yarmidan ko‘pi ovoz berib bo‘ldi.

Viteb viloyati yashovchilari saylovlarda faol ishtirok etgan, poytaxt Minskda har doimgidek sustkashlik kuzatilgan.

Mamlakatdagi 7 millionga yaqin kishi ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

BBCning Minskdagi muxbiri Tatyana Melnichukning xabar berishicha, ovoz berish uchastkalarida oddiy do‘konlardan arzonroq narxda faoliyat yurituvchi tamaddixonalar tashkil qilingan. Shuningdek, saylovchilar turli kontsert va badiiy chiqishlar tomosha qilishi mumkin bo‘lgan.

Kuzatuvchilar 1994 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenkoning saylovlarda osonlik bilan birinchi turdayoq g‘alaba qozonishini va prezidentlik kursisini saqlab qolishini ta‘kidlamoqda.

Lukashenko janoblari kenja o‘g‘li Nikolay bilan 1 chi raqamli saylov uchastkasida ovoz bergan. U Belarus hech qachon "boshqa davlatning hujum maydoni" bo‘lib qolmasligini aytgan va Ukrainada tez fursatlarda tinchlik o‘rnatilishiga ishonch bildirgan.

Lukashenko janoblari joriy saylovlar G‘arb bilan aloqalarning yaxshilanishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ta‘kidlagan.

"Belarusdagi prezidentlik saylovlari arafasida G‘arb nimani ko‘rishni istagan bo‘lsa barchasini bajardik. Shuning uchun agar G‘arbning biz bilan aloqa o‘rnatishga intilishi bo‘lsa, hech nima va hech kim to‘sqinlik qila olmaydi", - degan Aleksandr Lukashenko.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio