Belarus: Lukashenko beshinchi muddatga qayta saylandi

Image copyright AP
Image caption Lukashenko o‘g‘li Nikolay hamrohligida poytaxtdagi saylov uchastkalaridan birida ovoz bergan

Belarus Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, yakshanba kungi prezident saylovlarida Aleksandr Lukashenko qariyb 84 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan.

Shu tariqa janob Lukashenko ketma-ket beshinchi muddatga prezident etib saylangan.

Qolgan uch nomzodning birontasi ham 5 foizdan ortiq ovoz ololmagan.

Ovoz berish jarayonida saylovchilarning 86 foizdan ko‘prog‘i ishtirok etgan.

61 yoshli Lukashenko Belarusni 21 yildan buyon idora qilib keladi.

Ko‘zga ko‘ringan muxolif siyosatchilar saylovga qo‘yilmagan.

Image copyright AFP
Image caption Qolgan uch nomzodning birontasi ham 5 foizdan ortiq ovoz ololmagan

Ular saylovlarning erkin va adolatli bo‘lmasligini aytishgan.

Ovoz berish shahobchalari yopilganidan so‘ng o‘nlab muxolifat tarafdorlari poytaxt Minskda norozilik yurishi o‘tkazganlar.

Ular "Diktaturani boykot qiling!" va "Yo‘qolsin Lukashenko!" degan shiorlarni ko‘tarishgan.

Yakshanba kuni tongda Belarus davlat televideniyesi janob Lukashenkoning o‘g‘li Nikolay hamrohligida poytaxtdagi saylov uchastkalaridan birida ovoz berayotganini namoyish etgan.

Tanqidchilar Prezident va tarafdorlarini muxolifat nomzodlarini ommaviy axborot vositalariga yaqinlashtirmaslikda ayblashgan.

Image copyright Reuters
Image caption Lukashenko Belarusni 21 yildan buyon idora qilib keladi

AQSh rasmiylari Lukashenkoni "Ovro‘poning so‘nggi diktatori" deya ta‘riflashgan.

Ammo so‘nggi paytlarda janob Lukashenko g‘arb bilan aloqalarni yaxshilash niyatida ekaniga doir ishoralar bergan.

Jumladan, u qamoqdagi olti nafar ko‘zga ko‘ringan muxolifat rahbarlarini avf etgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio