Iqtisod bo‘yicha Nobel Engus Ditonga berildi

Image copyright EPA
Image caption Ditonga Nobel mukofoti qashshoqlik va ijtimoiy ta‘minot mavzusidagi tadqiqoti uchun berilgan

Iqtisod sohasidagi bu yilgi Nobel mukofoti Priston universiteti professori Engus Ditonga berilgan.

Diton dunyoning eng nufuzli mukofotiga iste‘mol, qashshoqlik va ijtimoiy ta‘minot masalalarida olib borgan tadqiqoti uchun loyiq ko‘rilgan.

Engus Diton 1945 yilda tug‘ilgan.

Bir necha universitetlarda tahsil olgach, bir muddat Angliya Markaziy bankida xizmat qilgan.

1983 yildan buyon Priston universitetida ishlaydi.

Nobel mukofotini topshirish marosimi 10 dekabrda bo‘lib o‘tadi, uning miqdori 8 million shved kroni yoki taqriban 953 ming dollarga teng.

Image copyright AFP
Image caption Iqtisod bo‘yicha Nobelning mukofot ta‘sischisi Alfred Nobelga bevosita aloqasi yo‘q

Iqtisod sohasida o‘tgan yilgi Nobel Tuluz universitetidan professor Jan Tirolga, bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga doir tadqiqoti uchun berilgandi.

Iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti 1969 yildan buyon beriladi va mukofot ta‘sischisi Alfred Nobelga bevosita aloqasi yo‘q.

Ayni sohadagi mukofot ta‘sis etish g‘oyasi Shvetsiya bankiga tegishli.

Bank Nobel qo‘mitasiga buning uchun zarur mablag‘ ajratgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq