Damashqdagi Rossiya elchixonasi hujumga tutildi

Image copyright Google
Image caption Elchixona binosi

Suriya poytaxti Damashqdagi Rossiya elchixonasiga ikkita snaryad kelib tushgan.

Hodisa chog‘i yuzlab hukumat tarafdorlari elchilik tashqarisida Rossiya havo hujumlarini dastaklab, namoyish o‘tkazayotgan bo‘lishgan.

BBCning Damashqdagi muxbiriga ko‘ra, hujumlarda ba‘zilar tan jarohati olishgan.

Ayni paytda portlashlar odamlar orasida vahimaga sabab bo‘lgan. Guvohlar elchixona binosidan tutun chiqayotganini ko‘rishgan.

Damashq chetidagi hududlarda joylashgan isyonkor guruhlar Rossiya vakolatxonasini o‘tmishda ham nishonga olishgan.

Suriya inson haqlarini kuzatish markazining xabar qilishicha, snaryadlar poytaxt sharqidan otilgan.

Image copyright epa
Image caption Hodisa chog‘i yuzlab hukumat tarafdorlari elchilik tashqarisida Rossiya havo hujumlarini dastaklab, namoyish o‘tkazayotgan bo‘lishgan

Voqea guvohlarining hikoya qilishlaricha, hujumlardan biroz oldin namoyishchilar Rossiya bayroqlarini hilpiratishgan va Prezident Vladimir Putin suratlarini ko‘tarib olishgandi.

O‘tgan oy elchixona binosi raketa vositasida nishonga olinarkan, "qat‘iy choralar" ko‘rishni talab qilgandi.

May oyi bino yaqinida minomyot kelib tushishi oqibatida bir inson hayotdan ko‘z yumgandi. Aprel oyi malga oshirilgan xuddi shunday hujumda esa, uch kishi yaralangan.

Rossiya Suriyadagi havo amaliyotlarini sentyabr oxirlarida boshlagandi.

Kreml amaliyotlarda o‘zini "Islomiy Davlat" atayotgan guruh hamda boshqa jangarilar nishonga olinayotganini ta‘kidlaydi. Ammo, AQShga ko‘ra, Rossiya qiruvchi uchoqlari Moskvaning ittifoqchisi - Prezident Bashar al-Assadga qarshi isyonkor guruhlarga hujum qilayotganini aytadi.

Image copyright AP
Image caption Kreml amaliyotlarda o‘zini "Islomiy Davlat" atayotgan guruh hamda boshqa jangarilar nishonga olinayotganini ta‘kidlaydi

Rossiya harbiy kampaniyasi Suriya hukumati kuchlariga isyonkorlarga boy berilgan hududlarni qayta qo‘lga kiritish imkonini bergan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio