OI va Turkiya o‘rtasida muhojirlar yuzasidan oldi-berdi

Image copyright Getty Images

Bryusselda to‘planayotgan Ovro‘po Ittifoqiga a‘zo mamlakatlar rahbarlari muhojirlar inqirozini hal etishda Turkiya bilan hamkorlik masalalarini muhokama etishga qaror qilganlar.

Bu hamkorlik OI bilan Turkiya o‘rtasida kelishilgan qo‘shma amallar rejasini ko‘zda tutadi.

Bu rejaga ko‘ra, Turkiya Ovro‘poga intilayotgan noqonuniy muhojirlar oqimini kamaytirishga yordam berishi, buning evaziga esa Ovro‘po Ittifoqidan qator ko‘maklar olishi kerak.

Muxbirlarning yozishicha, Ovro‘po Ittifoqi har qachongidan ham ko‘ra ko‘proq Turkiyaning yordamiga muhtoj.

Ammo o‘z ko‘magi evaziga Ovro‘po Ittifoqi Turkiyadan qator shartlar bajarilishini ham istamoqda.

OIning chegara agentligi Fronteksning 13 oktyabr kuni e‘lon qilgan ma‘lumotiga ko‘ra, 2015 yil boshidan shu vaqtgacha 710000 muhojir ittifoq hududiga kirgan.

Image copyright AFP GETTY

O‘tgan 2014 yili esa bu raqam atigi 284000 kishini tashkil etgandi.

Ovro‘po Ittifoqi hududiga bu yil dengiz orqali kirgan 600000 muhojirning aksari Turkiya orqali o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

Hozir Turkiyaning o‘zida esa 2000000 muhojir bor deb ko‘riladi, ularning aksari urushdan qochib chiqishga majbur bo‘lgan suriyalik qochqinlardir.

Ovro‘po Ittifoqi muhojirlar muammosini hal qilishda Turkiyaga ko‘proq moliyaviy qilmoqda, Turkiya sohillarida ittifoq kemalari patrul xizmatini yo‘lga qo‘yishni istaydi, Turkiya esa odam savdogarlariga qarshi kurashni kuchaytirishini, vataniga qaytishni istagan muhojirlarga yordam amaliyotlarini tezlashtirishda yordamlashishni xohlamoqda.

Ovro‘po Ittifoqi o‘zi moliyalaydigan olti qochqinlarni qabul qilish markazini Turkiyada tezroq ochilishini istamoqda.

Buning evaziga esa Turkiya o‘z fuqarolarining Ovro‘po mamlakatlari bo‘ylab vizasiz safar qilishi jarayonlarini tezlashtirilishini hamda Shengen vizasi amal qiladigan mamlakatlar bilan sarhadlarida chegara nazoratlari bekor qilinishi istaydi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq