Olmoniya Termizdagi tayanch markazini yopadi

Image copyright Getty Images

Olmoniya Mudofaa vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Afg‘onistondagi aksilterror amaliyotlar bois Termiz aeroportida tashkil qilingan Olmoniya harbiylarini dastaklash markazi 2015 yil oxiriga borib yopiladi.

Shu maqsadda Termizga 21 Olmoniya askari borgan va yaqin kunlarda ular safiga yana 16 harbiy qo‘shiladi, deb xabar qilgan Bundesver vakili.

2001 yil oktyabrida AQSh yetakchiligidagi harbiy koalitsiya Afg‘onistondagi "Al-Qoida" va Tolibon jangarilarini nishonga olib havo hujumlarini boshlagan.

AQSh harbiylariga Qarshi shahri yaqinidagi "Xonobod" harbiy bazasidan foydalanishga ruxsat berilgan.

Olmoniya harbiylari esa o‘z kuchlarini 2002 yil fevralida Termiz aeroportida joylashtirdilar.

AQSh rasmiylari Andijon qirg‘inini tanqid qilganlari uchun O‘zbekiston 2005 yili yozida "Xonobod" harbiy bazasidan chiqib ketishni talab qildi.

Afg‘onistondagi qo‘shinlari sabab O‘zbek amaldorlariga sanktsiyalar kiritgan va 2008 yili o‘z jazo choralarini olib tashlagani uchun Ovro‘po Ittifoqi tanqidlarga tutilgan, xususan, Olmoniyani ham Termizdagi bazasi uchun O‘zbekistondagi abgor inson huquqlari vaziyatiga ko‘z yumib kelayotganlikda ayblab kelishadi.

Shuningdek, Bundesver O‘zbek rasmiylarining Termiz tayanch markazi uchun haddan ziyod qimmat narxiga rozilik bergani uchun ham tanqid qilingan.

Olmoniya harbiylari Afg‘onistondan 2013 yili olib chiqilgan.

Biroq nemislar Termiz aeroportida hozirligini saqlab qolgan.

Foydalanilmayotgan baza uchun Bundesver O‘zbekistonga 35 million Yevro to‘layotgani haqidagi tanqidiy maqolalar ham e‘lon qilingan.

Olmoniyada nashr qilinadigan Der Spiegel jurnali yozishicha, O‘zbekiston hukumati 2016 yil ijara haqi uchun 70 million Yevro talab qilgan.

Olmoniya Mudofaa vazirligi esa 2015 yil avgustidan boshlab AQSh harbiy-transport aviatsiyasi xizmatlaridan foydalanayotgani uchun O‘zbekistondagi tayanch markazidan voz kechishi mumkinligi haqida aytgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq