Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ayiq savdo-sotiqqa chiqqandi...

Rossiya Tergov qo‘mitasi Xabarovsk shahridagi savdo markaziga kirib qolgan yovvoyi ayiq otib o‘ldirilgani bo‘yicha tergov boshlashga qaror qilgan.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida savdo markaziga kirgan ayiq tasvirga olingan videolar tarqalgan.

Savdo markazi kuzatuv kameralari tasvirlarini ham tomosha qilish mumkin.

Xabarovsk shahridagi Industrialniy deb nomlangan tumandagi do‘konlar qatoriga yovvoyi ayiq qanday kelib qolgani noma‘lum.

Savdo markazi xodimlari va xaridorlar qo‘ng‘iroq qilganidan keyin hodisa joyiga politsiya maxsus bo‘linmasi yuborilgan.

Ayiq savdo markazidan qochib chiqqan, biroq OMON uni quvib yetib otib o‘ldirgan.

Mahalliy matbuot xabar qilishicha, ayiq 2 yoki 3 yoshda, ya‘ni "o‘spirin" yoshda bo‘lgan.

Tergov qo‘mitasi haqiqiy o‘qdan foydalanish qanchalar qonunga mos bo‘lganini tekshirmoqchi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio