"Qrim elektr ta‘minotini uzib qo‘ying!"

Image copyright AP

Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenkodan Rossiya 2014 yil martida anneksiya qilgan Qrim yarim oroli elektr ta‘minotini to‘xtatish talab qilinayotgan petitsiya yetarli ovoz to‘plagan.

Hozirgi paytda Qrimning 70 foiz elektr ta‘minoti Ukrainaga bog‘langan.

Ukraina qonunchiligiga binoan, biror mavzudagi onlayn-petitsiyani qo‘llab-quvvatlab 25000 dan ortiq imzo to‘plansa, mamlakat prezidenti bu talabnomani ko‘rib chiqishi shart.

Qrimni Ukraina elektr quvvatidan uzib qo‘yish talabi ilgari surilgan elektron petitsiya ikki oyga yetmasdan yetarli imzo yiqqan.

Sentyabr oyida ukrainalik jamoat vakillari va siyosiy partiyalar faollari Qrimni iqtisodiy qamal qilish aktsiyalarini boshlaganlar.

Ular Ukrainadan Qrimga o‘tish maqsadida bo‘lgan yuk avtomobillari yo‘llarini to‘sishga qaror qilganlar.

Qrimning hozirgi rasmiylari ushbu qamal yarim orol iqtisodiga salbiy ta‘sir ko‘rsatgani yo‘q demoqdalar.

Biroq agar Ukraina Qrimga elektr quvvati uzatishni to‘xtatsa, yarim orolning 70 foizini Rossiyadan elektr quvvati bilan ta‘minlash imkonsiz bo‘ladi.

Anneksiyadan so‘ng Rossiya tarafdan asosan kema yoki paromlarda yuk va odam tashish yo‘lga qo‘yilgan.

2014 yil martidagi referendumda Qrim aholisining aksari yarim orolning Rossiyaga qo‘shilishini yoqlab ovoz bergani e‘lon qilindi, ana shu referendum natijasi asosida Rossiya rahbariyati yarim orolni anneksiya qilish haqida qaror qabul qildi.

Lekin xalqaro hamjamiyat Qrim anneksiyasini qoralab chiqdi.

Xususan, Britaniya referendumni soxta referendum deb biladi va Qrim Ukrainaga qaytarilishi shart, degan qarorda.

Ukraina qonunchiligi bo‘yicha mamlakat prezidenti onlayn-petitsiyani 10 kun ichida ko‘rib chiqishi talab qilinadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq