"Qariyb 100 "Hizbut-Tahrir" a‘zosi qo‘lga olindi"

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Moskva viloyati hududida 97 shaxs hibsga olingani, ular "Hizbut-Tahrir" islomiy firqasining a‘zolari ekani haqida xabar tarqatgan.

"Xalqaro terrorchilik tashkilotining bo‘limi yo‘q qilindi", deya xabar bergan Ichki ishlar vazirligi.

Vazirlik web-saytida ko‘p qavatli uy xonadonlarida o‘tkazilgan reydlar payti tasvirga olingan video e‘lon qilingan.

Videoda hibsga olingan shaxslarning Markaziy osiyoliklar ekanini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, videoda Tojikiston fuqarolari pasportlari, bir-birlarining yelkalariga qo‘llarini qo‘yib ham politsiya bo‘limiga olib ketilgan tutqunlarni ko‘rish mumkin.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi qo‘lga olinganlarning 20 nafarini "Hizbut-Tahrir" rahbarlari deb taqdim qilgan.

Vazirlik xabarida, qo‘lga olinganlar Islom diniga e‘tiqod qilganlar orasidan yangi a‘zolarni "Hizbut-Tahrir"ga yollash, taqiqlangan diniy adabiyot tarqatish, mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullanganlar, deyiladi.

"Hizbut-Tahrir" firqasi ko‘plab mamlakatlar qatori Rossiya va Markaziy Osiyo respublikalarida taqiqlangan, ushbu firqaga a‘zo deb ko‘rilganlar qamoq jazolariga hukm etiladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio