Ijtimoiy minbar: "Yashasin o‘zbekcha!"

Image caption Президент ва оиласи давлат тилига эътибори билан ажралиб турмайди

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga roppa-rosa 26 yil to‘ldi.

Ayni munosabat bilan biz "Ijtimoiy minbar" ruknimizda o‘zbek tilining ahvoliga e‘tibor qaratgan, xususan, O‘zbekistonda ayrim rahbarlarning ijtimoiy faoliyati bilan nazarga tushgan farzandlari hanuz o‘zbek tilida gapirmasliklari davlat tiliga nisbatan mensimaslik belgisi emasmi, mazmunidagi savolni qo‘ygan edik.

Unda jumladan, Prezident Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning misoli ham berilgan.

Savolni qo‘yarkan, biz hech kimning o‘zaro muomala tilini tanlash huquqini savol ostiga olmagan, balki O‘zbekistondagi tendentsiyaga e‘tibor qaratib, ayrim o‘zbek ziyolilari ijtimoiy tarmoqlarda bildirayotgan "bu ketishda tilimizning ahvoli nima bo‘ladi?", degan xavotirlarni ko‘tarib chiqqandik.

Aytish joizki, O‘zbekistonning davlat tili haqidagi qonuni ancha liberal. U boshqa bironta tilni cheklamaydi, qaytaga davlat tiliga berilgan barcha imtiyozlarni boshqa tillarga ham qo‘llaydi-ta‘lim, ommaviy axborot vositalari, hujjatlarning tarjimasi, anjumanlar va hokazo.

Shu ma‘noda, mintaqadagi hamma davlatlarda ham Sovet Ittifoqi parchalanishi ortidan va milliy hissiyotlar junbushga kelgan payt qabul qilingan til haqidagi qonunlarni bu qadar liberal, deb aytish qiyin.

To‘g‘ri, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham rus tilining rasmiy maqomi saqlab qolingan.

Ammo davlat tilining qo‘llanishi borasidagi qonunchilik anchayin qattiq.

Masalan, har ikki davlatda prezidentlikka nomzod shaxs davlat tilidan imtixon topshirishi shart.

Ya‘ni ijtimoiy-siyosiy hayotda davlat tilining qo‘llanishi yoki ularni qo‘llashga majbur qiluvchi mexanizmlar qattiqroq ishlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Facebook dagi BBC O'zbek sahifasida sharh qoldirgan aksariyat mavzuni anchayin provokatsion, deb baholagan.

Ko‘pchilik fikrlarning mundarijasi "yurtimizda tinchlik, yurtboshimiz tinchlik va barqarorlikni saqlab turibdilar, shunday bo‘lgandan keyin qaysi tilda gapirishning nima qizig‘i bor" mazmunida.

Jumladan, Beka Sscramblerss ismli foydalanuvchi yozibdi: "Uzbek tilini shundok xam bilamiz! BBC aka uzlariz nimaga yangiliklarni fakat uzbek tilida chop etmaysilar xar xil tilda chop etasilar? Xuddi shunday gapda !! Yoki Zaynab Elmurodova: Silaga nima,kanaka tilda gapirsa??? Uzim,bolalarim,nevaralarimgacha rus tilida ukidik,ukiymiz,nu i chto??? Yomon tomoni yukku??? Kanaka tilda gapirsayam biz Otamizniyam,Gulnoraniyam judayam sevamiz!!!"

Nodira Ilyasova: "bizning prezident oilasi bilan kaysi tilda gapirsa xam shu inson tufayli tichlikda yashayapmiz".

Murod Qosimov: "bizning xalkimiz keng yurak va mexribon kalbli ziyeli xalk ularning orasiga bunday mavzu tashlab fitna chikarish juda yemon va ayanchli xolatlar keltirib chikaradi .sizlarning niyatingiz nima uzi bbc.

Ayni paytda munozara qatnashchilariga mavzuning mohiyatini tushuntirishga uringanlar ham bor.

Masalan, Bahodir Ne’mat: Tilga e‘tibor - elga e‘tibor ekanini ta‘kidlab, o‘zbek tilidagi savodxonlik muammosiga ham e‘tibor qaratgan. "Ijtimoiy tarmoqlarda kim bexato yozar ekan deb izlab yuztadan bittani topish ham amrimahol, deb yozadi u va ayni savodxonlik darajasini yaxshilash uchun oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida test sinovlariga qo‘shimcha ravishda insho yozishni joriy qilishni taklif etadi.

Shunga o‘xshash Anvarbek Sattorov: "Til bilgan yaxshi albatda , lekin mavzu tugri , sababi mansabdor shaxslar uz farzandlariga tarbiyani xam tilni xam ruscha berishayetganini bilamiz , uy masalasi xar kimning uzini ishi , ammo tilimizni buzib yuborilayetgani xam xammaga anik", deb yozadi u.

Yoki Qoraqalpog‘istondan Kobeysin Ayazbayev: Men Korokolpogistondanman, nima endi Toshkentga borib tilimdan uyalishim kerakmi?, -deb yozgan.

Afg‘onistondan Tolqun Kargar: Man afgonistonlik uzbek man bu yerda uz tilimizda gaplashamiz uz tilimiz va tariximiz bilan faxrlanamiz ,uz tilimiz uchun kurashamiz.yashasin uzbekcha! deb yozibdi. Ya‘ni o‘zbek tilidagi eng ko‘tarinki, eng yuksak faxr tuyg‘usi afg‘onistonlik muxlisimizdan kelgan.

Ayni paytda biz davlat idoralarida ish yuritishning hanuz to‘la o‘zbek tiliga o‘tmaganiga ham e‘tibor qaratgandik.

Sher Shabutayev ismli Facebook foydalanuvchisi aynan shu holatni muammoning asosiy sababi sifatida keltirgan. "Kachon yukori idoralardagi ish yurituv uzbek tiliga utmaguncha axvol shu xolatda koladi. Sababi ish yurituvchilar asosan sobik sovet tuzimida ishlagan insonlar", - deb yozgan u.

Ilxom Xadjimuradov: Xoxlagan tilida gaplashishga Xar bir fukoroni Konstitutsiyaviy xukuki bordir lekin davlat ishlari Uzbek tilida olib borilishi shart.. keyin uz millatini, tarixini xurmat kilgan inson uz tilida mukammal gaplashadi, debdi. Ya‘ni hamma narsani davlat tili haqidagi qonun yoki konstitutsiyaviy majburiyatga taqab qo‘yish shartmas, bu til o‘sha xalqqa, millatga bo‘lgan hurmat sifatida ham ulug‘lanishi, unga hurmat ko‘rsatilishi kerak, deyapti.

Quyida Facebook va Odnoklassnikidagi BBC O'zbek sahifalarida qoldirgan fikrlar bilan to‘laligicha tanishishingiz mumkin. Ham ruknimizning formati va ham mavzu til va savodxonlik bo‘lgani uchun sharhlardagi imloni o‘zgarishsiz qoldirdik.

Beka Sscramblerss: Xoxlasam xitoycha gapiraman xoxlasam afrikancha gapiraman nima kibdi buni yomon joyi bormi 1-2 ortikcha til bilsak!!! Uzbek tilini shundok xam bilamiz! BBC aka uzlariz nimaga yangiliklarni fakat uzbek tilida chop etmaysilar xar xil tilda chop etasilar? Xuddi shunday gapda !!

Zaynab Elmurodova: Silaga nima,kanaka tilda gapirsa??? Uzim,bolalarim,nevaralarimgacha rus tilida ukidik,ukiymiz,nu i chto??? Yomon tomoni yukku??? Kanaka tilda gapirsayam biz Otamizniyam,Gulnoraniyam judayam sevamiz!!!

Murad kasimov: Ingliz tilida gaplashsa yaxshi ,ammo rus tilida gaplashsa yemonmi sizlarga bu mavzu nima uchun tinchlik bermayapti ?

Anvarbek Mansuov: Menimcha 1 tilni emas balki rus va ingliz tillarni kerak bulsa boshkalarni xam rasmiy kilish kerak chunki asosiy ilmiy va texnik adabiyotlar rus tilda,tasavur kiling fezyulyash yoki sinxrofazatron yoki andronny kollaydr suzlarini kanday tarjima kilish mumkin-kuchaytiruvchi tandir deysizmi.Xitoyliklar kelib rus tilini urganishyapti Rossiyada,bizi kora kuzlar xojatxonalarni tozalab yurishibdi tilni bilmay.

Kaxramon Matyakubov: Bu tema achinarli xolat emas, aslida Uzbekistonni kupncha viloyatdagilar maktab va kollej ma‘lumotiga ega bulib, gramatikada nol.. tushuncha yoki ariza yozsa tushunib bulmaydi pocherkiga.. mutlako savodsizlik avj olib ketmokda.. xuja kursinga kutulish uchun ularga maktab yoki kollej diplomlarini berganlarni muxakoma kilsangiz yaxshi va foydali bulardi.. Uzbekiston ukuvchilarini 70 % deyarlik savodsiz.. buni gapirsangiz bulardi..

Bek Fays: Siz oldin kishloklardan kelganlarni tiliga etibor bering. Bazilarini umuman tushinib bulmaydi. Bogcha va maktablarda uzini kishlogidagi shevasida gapirishadi. Undan keyin esa ruschada suzlashishadi. Chunki bilinib koladida kayerliligi. Endi yana bir masala. Men Toshkentlikman. Toshkentliklar ruschada gapirishsa xam xammomni banya, dazmolni utug, shimni esa bruk deyishmaydi. Men xoxlardimki xech bulmasa adabiy tilda gapirishsa.

Ziyoda Xalikova: manimcha buni yomon joyi yuk silar rus tilini yaxshi bilmasangiz bu degani xamma rus tilidan vos kechishi kerakmi .tugri biz uzbekmiz lekin kanchalik farzandlarimiz va uzimiz bir nechta tillarda gaplashsek nimasi yomon tugri balkim prezidentimizi kizlari aktsent bn uzbekcha gapirar sizchi boshka nechta tilda gaplasha olas .Gulnora Karimova balkim 3-4tilda bemalol gaplashishidan xabarim bor .

Nargizakhon Abdurakhmanova: Eto svobodnaya strana i xamma xolagan tilida gaplashadi!

Nodira Ilyasova: bizning prezident oilasi bilan kaysi tilda gapirsaxam shu inson tufayli tichlikda yashayapmiz.

Bill Smith: Toshkentda doim russ tilida gapirishgan,Biz viloyatliklar fakat uzbek tilida gapiramiz,lekin ortikcha til bilsangiz zarar kimaydi

Bexruz Alimdjanov: muxim uchrashuv vaktida Uzbek tilida N.Nazarboyev, V.Putinla umuman gaplashomidi. Nima farki borakan silaga tushunomadim Ruscha gaplashadimi, Inglizchami davlatimizzi tinchli- osoyishtaligni ta‘minlab Uzbekistonni xech kimdan kam kilishmayaptiyu ?!!!!

Nodir Yuldashev: Bugun ishga ketayotganimda uylagandim, 25 yildan beri xaliyam xamma joyda ruscha yozuvlar uchrab turadi deb, xaligacha Rossiyaga karammiz deb. smile emoticon Lekin Xindistonda ingliz tili rasmiy tillardan birikuya, balki rus tilini xam ikkinchi rasmiy til kilish kerakmikan unda. smile emoticon Jaa rus tilisiz yasholmasak deyman-da. smile emoticon

Husniddin Karabayev: Sizlarga kim etdi ular "Uzbek" tilini bilmaydi deb, xammasi uzbek tilida yaxshi gapirishadi. Chet-el fukarolari nafakat uzbek tilini balkim rus-ingliz tilini xam bilishmagandan kegin, bizanikilar chet-el fukarolari kiynalmasin deb, boshka tillarda gapirishadide, Chunki til bilgan xech kachon kam bulmaydi deyishgan. Barcha chet davlatlarga nazar solsayizlar - Reklamalar, magazin-restoran nomlari, xar xil upakovkalar va xakozo.... nomlarni bazilari uz davlat tilida emas, balkim boshka tillarda yezilganiga axamiyat beramiz. Mana bunga nima deb etiroz bildirasilar endi.

Mansur Adilov: men xam uzbekstonda tugilib oskan man , Leykin 90% orischa gaplashaman uyda xam Kocha dayam , bu narsa manga yashash uchun kech kiyinchilik keltirimepti va ozimni yurtimni sevishga xam ! Leykin sizni xam tushundim , xech kachen millatga ajiratmagamman odamni , Kanaka tilda kim gaplashsa xam silaga nima farki bor , yeki onson yashavotti xalk tildan kiynalmepti endi Xamma joyga Oybek tilini kiritib Sal kiyinchilik yaratishkere divosizde ? Unday bolsa zooparka borila ofisilabilan i xayvonlarga dars berila kimga Kanaka yurishga Kanaka gaplashishga kanaka marashga , biz mustakil uzbekistonda yashab kevommiz sevimli yurt boshimiz xalk uchun ancha yaxshi imkoniyat yaratib koyibtila !

Ilxom Xadjimuradov: Kup sharxlarni ukib xayratdaman... Rus tilida gaplashsa nima bupti xolasam xitoycha gaplashaman... E axli Uzbek silarga tillarini xurmat kimasdan oiladayam ruscha gaplashmelar dimokchi BBC.. Sal odamga uxshab temani yaxshilab ukisalarin bumedimi.. Rus, ingliz, Xitoy, yapon tili kerakdur lekin Oilada bunaka tillarda gaplashish

Akbar Nosirov: Nikoxdan utish uchun ariza yozishda krilcha yozish kerak buladi! Yakinda kizchalik buldik guvoxnoma yozgani uchun 38meng sum, kassaga borib 22meng sum tuladim chek berishdi 22meng sum tulandi deb! 38 kistasiga kirdi!

Yulduz aminjanova: BBS sizlar 70 yillik asoratlarga emas 24 yillik yutuklarga karang! !!

Doniyor Karimov: Rus tili Uzbekistonda begona til emas. Kup uzbeklar va kup boshka millat vakillari uchun rus tili ona tili. Agar ularda rus aktsenti bulsa yeki uzbek tilida gaplasha olmasa, xayron buladigan joy yuk. Yukori yigilishlarga kelsak, ular xalkaro xarakterga ega . Uzbek tilini boshka xech kayerda tushunishmaydi. Meni fikrimcha rus tilini 2-davlat tili kilib kabul kilsa maksadga muvofik bulardi.

Kaxramon Matyakubov: "sut bilan kirgan, kon bilan chikadi" - deb xalkimiz bekorga aytmagan..

Xadicha Tojiboyeva: Uzbekistonda yashab turib Uzbek bula turib uz tilini bilmaslik bu juda achinarli uzga yurtda yashab turib uz tilini yukotmaganla kancha Kayesi soxada kaysi mansabda bulmasin bu yukori avlodan utib kelayotgan tarbiyaga boglik kushimcha til bilish bu boshka masala kim kanday kaysi davlatda yashamasin uz ona tilini bilmaslik bu uzligini unutish bilan barobar

Tolqun Kargar: Man afgonistonlik uzbek man bu yerda uz tilimizda gaplashamiz uz tilimiz va tariximiz bilan faxrlanamiz ,uz tilimiz uchun kurashamiz.yashasin uzbekcha.

Abdulla Usmanov: U'zbekning u'z ona tili bor, bilmaganlar bu tilga zor, gururi bor, millati bor, davlati bor, bayrogu madxiyasi bor, k,adriga yetmagan vatanga bu'lsin zor. U'z tiling, ona vataning.

Abdul Ahad Abdurahmon: Bukrini go'r to'g'irlaydi. U zamonlarda (sssr qulashi arafasida) kommunistlarning hammasi o'rislashgan, shaklan milliy, ma'nan o'ris odamlar edi. Hammasini xotini o'ris yo tatar (va shuningdek KGB hodimasi) bo'lardi. Bu kommunistlar o'zbek tilini, o'zbek xalqini xech qachon hurmat qilmagan, qilmaydi ham. Faqatgina o'zbek ziyolilari ERK partiyasiga o'tib ketmasin deb, hokimiyatda qolish maqsadida o'zbek tiliga nomiga, o'lganini kunidan hurmat ko'rsatgandek tutdi o'zini. Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Hurshid Davron, Naim Karimov kabi yetakchi ziyolilarni qattiq nazoratga, siyosiy garovga oldi ERK partiyasiga qarshi turish uchun. Hokimiyatga kanadek mustahkam o'rnashib olgach aslida ERK partiyasining dasturida bo'lgan lotin yozuviga o'tish, milliy ta'lim dasturi, va hokazo qonun loyihalari chala yo'lda qolib ketdi, chunki (endiga kelib sobiq) kommunistlar xalq boyligini talash, chet eldagi banklatga tashish bilan band edi. Haliyam shu ish bilan band. Xalq har yerda sarson parokanda bolib mardikorlik qilub yuribdi. Bularga esa baribir. Bur narsa desang "tinchligimizni korolmayapti" deydi. O'zbekistondagi tinchlik qabristondagi tinchlikka o'xshaydi. U yerda uyg'oq fikrga joy yo'q.

Luiza Ismailova: Haqiqatdan sof uzbek tilida gapirmaydiganlar soni kup,shuning uchun biz maktabgacha bulgan va maktablarda farzandlarimizga tugri gapirishni urgatib borishimiz zarurdir. Uzbek tili juda qadimiy va chiroyli tillardan biri.

Islambek Gafurov: Uzbekistanda yashagan dan kegin Mayli gapirishmasalar xam, xech bolmasa uzbekchani bilishlari Shart! Menimcha bu mensimaslikdan dalolat beradi, kopincha uchratib kolamiz ona-tilimizni buzib orada ruscha, inglischa suzlar dan koshib koyishadi . Bu mintalitetimizga tasir koymas dan koymaydi. Men xursand bulaman internetda kaysidur vatandoshimiz, boshka millat vakillarini uzbek tilida gapirtirsa ) ! Ular bizning millatimizni targib kilmokda,-raxmat silarga! Nega endi biz boshka millatni tilini targib kilishimiz kerak? bizdan bu talab etilmasa xam xush...

Zarrux Djurayev: Buning uchun uzbek kinofilmlarini uzbek tilida adabiy tilda suratga tushursin!!!!! Xamma kinolar toshkent shevasida?????!!!!!

Bahodir Ne’mat: Tilga e‘tibor - elga e‘tibor. Ijtimoiy tarmoqlarda kim bexato yozar ekan deb izlab yuztadan bittani topish ham amrimahol. Hatto ko‘zga ko‘ringan tibbiyot xodimlari, artistu rassomlardan tortib oddiy millatdoshlarimizning imlo xatolari g‘ij-g‘ij. Agar ularning xato yozishayotganini aytsangiz boshingiz baloda qoladi. Axir savodxonlik insonning ma‘naviy qiyofasiku, nega ba‘zilar o‘z qiyofasi xunukligidan or qilishmas ekan. Eng qiziqarlisi birinchi o‘rinda chalasavodlar imloviy xatolarini ko‘z-ko‘z qilib siniq tilni himoya qilishadi. Menimcha maktabni bitiruv imtihonlari va oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida test sinovlariga qo‘shimcha ravishda insho yozishni joriy qilish maqsadga muvofiq bo‘lsa kerak.

AhmadKhalid Turan: Ozi qanoqa bir millet boldik bizler,ozimizni boy tilimiz toxtagan halda bashqalarni tiliga eftixar qelib yazib turamiz.iltemas ozbekcha yazaylig

Anvarbek Sattorov: Til bilgan yaxshi albatda , lekin mavzu tugri , sababi mansabdor shaxslar uz farzandlariga tarbiyani xam tilni xam ruscha berishayetganini bilamiz , Uy masalasi xar kimning uzini ishi , ammo tilimizni buzib yuborilayetgani xam xammaga anik , lekin tele lavxalarda ora ora kuzga kushikchilar va ayrim odamlar uz tilida gaplasha olmasa bu juda xunuk xolat , xar kaysi tilni xurmat kilish kerak va aloxida uz tilimizga munosabatni uzgartirishimiz lozim , nega deganda masalan Uzbekiston xududlariga borsangiz tojik , kozok, va boshka tillarda axoli gaplashib yurganini guvoxi bulamiz vaxolanki biz Uzbekmiz va uz yurtimizda yashaymiz !

Doniyor Pulatov: Nega katta rahbarlarning farzandlari o'zbek tilida gapirmaydi? Chunki ular o'zini o'zbek deb hisoblamaydi, ularga "qora" xalq begona. O'zbekchani o'rganishga harakat ham qilmaydi, chunki o'zbeklardan, o'zbek tilidan or qiladi. Ular bizga hech qachon el bo'lmaydi, ular ichimizdan chiqqan chayonlardir.

Soffiya Guzal: Mayli ruschada gaplash lekin ozligini unutma chunki milliylikni asosi tashuvchisi bu (turkiy)õzbekchani unutmasligimiz kerek bu yerda oziladan ozila janjal chiqarmela bbc jurnalis tanqid qiladi biz faqat buni yaxshi hazim qise boldi

Sher Shabutayev: Konun ustivorligi yuk. Kachon yukori idoralardagi ish yurituv uzbek tiliga utmaguncha axvol shu xolatda koladi. Sababi ish yurituvchilar asosan sobik sovet tuzimida ishlagan insonlar. Vakti kelib xammasi joy joyiga tushib ketadi.

Ilxom Xadjimuradov: Xoxlagan tilida gaplashishga Xar bir fukoroni Konstitutsiyaviy xukuki bordir lekin davlat ishlari Uzbek tilida olib borilishi shart.. keyin uz millatini, Tarixini xurmat kilgan inson uz tilida mukammal gaplashadi...

Murad Kasimov: agar inson kancha kup tillarni bilsa shuncha yaxshi unga ilm olish yanada keng va oson buladiku .bizning xalkimiz keng yurak va mexribon kalbli ziyeli xalk ularning orasiga bunday mavzu tashlab fitna chikarish juda yemon va ayanchli xolatlar keltirib chikaradi .sizlarning niyatingiz nima uzi bbs

Pamir Dadaboyev: Ota, otajon...

Bekzod Mamatkulov: Nega amerikaliklar uz tilida gapirishmaydi. U yerda xamma kovla kovlani yaxshi kuradi chamamda. Ayniksa uzimizdan ketganlar. Boshka muxokama kiladigan dolzarb mavzular yukmikinaaaa

Zoxirjon Ruzaliyev: XOZIR BBCI XODIMLARI ChET ELDA TURIB BIROVLAR BERGAN PULLARGA,YaNI AMERIKALIK XUJAYINLARI, BIZNI DAVLATIMIZ STABILLIGINI YeMIRIB UKRAINADAKA XAOSGA OLIB KELIShMOKChI

Oybek Xusniddinov: Bu davlat kecha kashf etilgan zamin emas biz orolchadagi davlatmasmiz bir necha ming yillik qadiryat va tilimiz odatlarimiz tariximiz bor O‘zbek tilida gapirish kerak bazan ayroport notarus ili bank ko‘p tashkilotlarda o‘zbekchani bilmaydiganlar ishlaydi tushinmi o‘zbekcha biladiganni chaqiradi Shu yurtda yashadingmi shu yurt tilini bilishga majbursan ayniqsa davlat tashkilotida ishlasang xalq senga arzini o‘zi istagan tilda birinchi navbatda o‘zbek tilida aytadi boshq tilni chetga chiqsang yoki o‘zbek fuqorosi ruscha murojat qilsa gapirishin mumkin shu davlatda ishlab oylik olyabsanmi mansab kursida o‘tirganin uchun demak o‘zbek tilini bilishing shart /ko‘pi o‘zini tushinmaganga olib bilmi dovdiridi o‘zbek axir chetga ishlashga borsa yoki o‘qishga tilini o‘rganadiyu nega bu davlatda yashayotganlar tilni bilmaydi axir xozir Sovet ittifoqi davri emasku??????????

Anvarbek Mansurov: A.Temur va jaxon tsivilizatsiyani rivojlanishiga asoschi bulgan buyuk allomalarni avlodlari

Odilbek Urmonov: O‘zini xaqiqiy o‘zbekman va men bu millat vakili bo‘lganimdan faxrlanaman degan xar bir o‘zbek o‘z tilini yaxshi bilishi shart. Kim bo‘lishidan qat‘iy nazar!!!

Miya Xusain: Bir umr rusiy zabon bolib yashagan bolsayam o'layotganida onasini o'z ona tilida chaqiradi inson(O'tkir Xoshimov) Ota-onalar oz farzandiga avval oz ona tilini keyin boshqa tillarni orgatishsa maqsadga muofiq bolardi.

Rustam Yuldashev: n,til borasida gap ketganda,xamma uz tillida bemalol gaplashadi,ammo bu rus tilli ikkinchi darajali til,qolaversa chet davlatlarida doimy ravishda uzbek tillida muomla qilib bulmaydi,yaqin osiyo davlatlarida bu til qul keladi,til bilgan yaxshi asosisi uzligini yuqotmasin.

Abdulaziz Abduyuusupov: Uzbek tili ruscha bilan aralash bulgani yaxshirok menimcha. Sof uzbekcha gaplar: samolet tayyera, televizor oynai jaxon, kassa nozimxona, fakultet kulliyet

Sanobar Mirzamaxmudova: uzbek tiliga utganimizdan beri SOVODSIZLAR va MADANIYaTSIZLAR kupayib ketdi.Uzbek maktabidagi axvolgaku gap yuk,menga kolsaku lotin xarfida emas kiril xarfida kolganimizda yana xam yaxshi bular edi

Dilshod Tashpulatov: BBC tomonidan savol tugri tashlangan!/ Xar bir Uzbekiston fukarosi uzbek tilini bilishi shart! Buning uchun Yurtboshimiz tomonidan shart sharoit yetarli darajada taminlangan!

Zulayxo Xamdamova: Uzbeklarimiz nafakat rus tilida, Tojik, kozok,kirgiz va boshka tillarda gaplashishadi !Bu uzbek xalkimizni boshka millatlarga nisbatan xurmatidan dalolat! BBS raxmat sizga , shu mavzuni yoritganingiz uchun,

Umidjon Barotov: Biz Demokratik davlatda yashaymiz buni unutmang kaysi tilda gaplashgani bilan u baribir Uzbek

Doniyor Bekmirza karimov: Uzbek uzbek bilan uz tilida gaplashish kerakda..

Kobeysin Ayazbayev: Men Korokolpogistondanman, nima endi Toshkentga borib tilimdan uyalishim kerakmi? Bu mening tilim,men tugilgan yerniki I.Karimov bilan gaplashsam xam shu tilda gapiraman! Ruscha yoki Toshkent shevasida suzla deb kimdir meni majbur kiladimi?

Amir Temur Turoniy: Uzbek emas ular Uzbek boyliklarini talon tarosh kilishadi.Uzbek xalkini xurmat kilishmaydi shuning uchun Uzbeklarni tilini urganish zarur xisoblamaydi

Yadgar Xodjaniyazov: Agar men boshka viloyatlarga borib kolib uz tilim xorazmcha gapirsam xech kim xech nimani tushunmaydi,shuning uchun tilimni sindirib kiynalib adabiy tilda gapirishga urganib kolganman.

Odnoklassniki

Davron Donayev: Uzbek xalqi sof uzbek tilida va uzbek madaniyatida muloqot qilishi uchun 200yil lozim buladi. Ghunki urta osiyo xalqlari sal kam 200yil rus siyosati va madaniyatiga majburlandi. Bu majburlanish misolida shu mavzuni kutargan jurnalisni misol keltirishimiz mumkin nega uzbek tilini va uzbek madaniyatini tanqid qiladiyu. Uzi sof uzbek tili yozishdi bilmaydi.

EZGULIK BIRLA: BBC sila sal adawdingla amaldorlar orasida ham uzbek tilini hurmat qiladigonlar ham bor !

Ulugbek Enigma: Uz ona tilini bilmaslik bu onaga,vatanga va xalkiga bulgan bexurmatsizlikdur!!! Boshka davlatga ishlagani yoki yashashga borib u davlatni tilida suxbatlashmaslik xam bexurmatsizlik buladi. Ona tilisida suxbatlasholmay xizmat kursatgan artis unvoni olishadi,katta-katta lavozimlarda-kabinet egalari bulishadi. Uylab kuring, ular biz bilanmikin? Favkulotda birinchi bulib kochib ketadilar uzga yurtga!

Baxtiyor Kodirov: Chunki raxbarni bolasi,ular uchun uzbek tili-kishlok tili

Farxod Fargona: Nega yigilishlar russ tilida utadi

BEGONA: Bora bora o'zbek tili yo'qolib ketmasa bo'ldi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio