Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"O‘zbekiston plastik kartaga tayyor emas"

BBC O‘zbek xizmati pochtasiga kelgan maktubdan: "O‘zbekistondagi naqd pul maslalasiga oydinlik kiritib beringlar. Pensiya, maosh, stipendiya hammasi plastik karta orqali to‘lanadi. Lekin plastik karta orqali hamma yerda ham savdo qila olmaysiz. Plastik kartadagi pullarimizni 12 foiz ustama berib naqd pulga almashtiramiz. Ba‘zida bu ustama 15 foizga chiqadi...3-4 kun oldin pulni 12 foizdan almashtiraman deb, navbatga turdim. 3 soat turgandan keyin o‘sha do‘konda pul tugab qoldi".

Bu O‘zbekistonda plastik kartalar muomalaga kiritilganidan boshlangan muammo.

Aksar kuzatuvchilar fikricha, O‘zbekiston hukumati plastik kartochkalar yordamida muomalada bo‘lgan naqd pul miqdorini kamaytirish, sun‘iy yo‘l bilan inflyatsiya pastligiga erishishni maqsad qilgan.

"O‘zbekiston ham iqtisodiy, siyosiy tomondan, moliyaviy tomondan ham rivojlanayapti, gurkirayapti, biz ham rivojlangan davlatlar qatori debit, kredit kartalar ishlatamiz", degan maqsadda plastik kartochkaga o‘tilgan edi", deydi O‘zbekiston Moliya vazirligining Valyuta, "Tashqi iqtisodiy aloqalar va O‘zbekistonning tashqi qarzini monitoring qilish", Investitsion loyiha va dasturlarni ekspertizadan o‘tkazish boshqarmalarini boshqargan Shermuhammad Abdullazoda.

Bu bilan "O‘zbekiston hukumati o‘zining kredit reytingini sun‘iy ravishda yuqori qilib ko‘rsatishga harakat qiladi", deydi AQShda istiqomat qiladigan iqtisodiy tahlilchi.

Shermuhammad Abdullazoda bilan suhbatni tinglang.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio