Putinning reytinggi yangi rekordni urdi

Image copyright AFP
Image caption Omma so‘rovi markaziga ko‘ra, so‘nggi natijalar Suriyadagi havo zarbalari bilan bog‘liq

Butunrossiya omma fikrini o‘rganish markazi (VTsIOM) o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning har o‘ntadan bittasi Prezident Putinning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shu tariqa Putinning mashhurlik reytinggi qariyb 90 (89.9) foizlik yangi rekordni urgan.

Bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich joriy yilning iyunida qayd etilgan va 89.1 foizni tashkil etgan edi.

Tadqiqot xulosalarida aytilishicha, Rossiya prezidentining faoliyatiga berilgan bu kabi yuksak baho, eng avvalo Suriyadagi havo zarbalari bilan bog‘liq.

So‘ralganlarning 26 foizi Suriyaga Rossiya harbiylarining yuborilishi va Rossiya havo kuchlarining jangarilar mavqe‘larini bombalashini o‘tgan haftaning eng muhim voqeasi, deb atashgan.

5 foiz odam asosiy voqealar sifatida Ukrainadagi voqealarni tilga olgan.

So‘rov Rossiyaning 46 viloyat, o‘lka va respublikalaridagi 130 ta aholi mavze‘larida o‘tkazilgan.

Unda 1600 kishi ishtirok etgan.

Omma so‘rovi markazining ma‘lumotlariga ko‘ra, Rossiya rahbarining faoliyatini ma‘qullovchilar nisbati oxirgi bir yarim yilda 80 foizdan yuqorini tashkil etgan.

Putinning reytinggi 2014 yil bahorida, Qrim Rossiyaga qo‘shib olinishi manzarasida o‘sishni boshlagandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio