Frantsiya: Avtobus halokatida 41 kishi nobud bo‘ldi

Image copyright AFP

Frantsiya janubiy g‘arbida avtobusning yuk mashinasi bilan to‘qnashishi kamida 41 qariyaning umriga zomin bo‘ldi. Hodisadan faqat yetti odam omon qolgan. Jarohatlanganlar bor.

Avtohalokat Bordo sharqidagi uzum yetishtirishga ixtisoslashgan Pyuissegen tumanida sodir bo‘lgan.

Sud Ouest gazetasining yozishicha, avtobus qo‘shni tumandan ta‘tilini o‘tkazib qaytayotgan keksa odamlarni olib kelayotgan bo‘lgan.

Hodisa mahalliy vaqt bilan tonggi 7:30 sodir bo‘lgan.

Ushbu falokat Frantsiya yo‘llarida 1982 yili 52 odamning umriga zomin bo‘lgan avtohalokatdan so‘ng eng yomoni deya baholanmoqda.

Frantsiyaning BFTV yangiliklar kanalining xabar berishicha, yo‘l transport hodisasi bir tomonlama yo‘lda sodir bo‘lgan va to‘qnashuv natijasida ikkala naqliyot vositasi ham yong‘in chiqqan.

Faqat yetti odamning halokatdan omon qolgani aytilmoqda. Ularning beshtasi jarohat olgan. Halokat sabablari aniq emas.

Frantsiya prezidenti Frantsua Olland hukumat ushbu "dahshatli fojea yuzasidan to‘liq safarbar qilindi", deya twit qoldirgan.

Hodisa joyiga Ichki ishlar vaziri Bernard Kaznyovning kelishi kutilmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio