Hillari Klintonni Kongress 11 soat so‘roq qildi

Image copyright AP

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Kongressda 11 soat so‘roq qilindi.

Klinton xonim 2012 yilda AQShning Liviyadagi konsulligiga qarshi qilingan hujum borasida kongressmenlarning savollariga javob berdi.

Aksari Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan kongressmenlar qarshisida o‘tirar ekan, Klinton xonim o‘zining siyosiy raqiblari Bing‘ozidagi mazkur hujumni unga qarshi siyosiy hamla quroli sifatida qo‘llashayotganlarini aytdi.

"Men javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olganman, hamda bu lavozimdan ketishimdan oldin AQShdan tashqarida ishlayotgan odamlarimiz yaxshiroq himoyaga ega bo‘lishlari va bu kabi fojea kelajakda qaytarilishining xavfini kamaytirish yo‘lida islohotlar o‘tkazganman", - dedi u.

Sobiq davlat kotibining chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda katta dastakka ega bo‘ldi.

Twitterda uning tarafdorlari yaratgan #FreeHillary ("Hillarini ozod qiling") hashtagi tezda tarqalib ketdi.

Bing‘ozidagi AQSh konsulligiga hujum 2012 yil 11 sentyabrida amalga oshirilgandi.

Konsullik oldida o‘tkazilgan norozilik namoyishi ortidan orasida jangarilar bo‘lgan olomon konsullik binosini ishg‘ol qilganlar.

Ishg‘ol chog‘ida to‘rt nafar amerikalik diplomat, xususan AQShning Liviyadagi elchisi Kristofer Stivens halok bo‘lgandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio