Rossiya va Ukraina parvozlarni to‘xtatmoqda

Image copyright Getty

Ukraina Rossiyaga nisbatan joriy etgan yangi jazo chorasi - Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni to‘xtatish qarori kuchga kirmoqda, bunga javoban Rossiya ham Ukrainaga parvozlarni taqiqlagan.

Ukraina hukumatining Rossiya aviashirkatlari parvozlarini to‘xtatish qarorini Rossiya rasmiylari "aqlsizlik" deb ta‘rifladilar, biroq keyin o‘zlari ham bunga munosib javob sifatida Ukraina shirkatlarining parvozlarini taqiqladilar.

Ikki tomon oxirgi daqiqagacha ham kelishuvga erishish borasida muzokaralar olib borganlar, biroq muloqotlar ko‘ngildagi natijani bermagan.

Ukrainaning parvozlarni taqiqlash qarori shanba - 24 oktyabrdan 25 oktyabrga o‘tar kechasi soat 0:00 da kuchga kiradi.

Hozir oyiga Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi havo qatnovidan 70000 foydalanadi, parvozlar to‘xtatilishi bilan shuncha odam jabr ko‘radi.

Ukraina qarori Rossiyani Qrimni anneksiya qilgani uchun hamda Ukraina sharqidagi rossiyaparast jangarilarni dastaklayotgani uchun jazolash maqsadini ko‘zlagan.

Image copyright

Rossiya tomoniga ko‘ra, bunday taqiq bilan Ukraina o‘ziga zarar qilmoqda, chunki Rossiyaga parvoz qilayotgan yo‘lovchilarning aksari ukrainaliklardir.

Lekin jami yo‘lovchilarning uchdan ikki qismi Rossiya aviashirkatlari xizmatlaridan foydalanadi.

Rossiya naqliyot vazirligi hisob-kitobiga ko‘ra, parvozlar to‘xtatilishi oqibatida ikki mamlakat ko‘radigan zarar yiliga 110 million dollarni tashkil etishi mumkin.

Ham Ukrainada, va ham Rossiyada oddiy odamlar ushbu qarorni norozilik va g‘azab bilan kutib olganlar.

Chunki ikki mamlakatda ham birorta qarindoshi qo‘shni mamlakatda yashaydigan insonlar juda ko‘pchilikni tashkil etadi.

Bundan keyin yo‘lovchilarning uchinchi mamlakat orqali yoki 13 soatlik temir yo‘l safari orqali manzilga yetib olishlariga to‘g‘ri keladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq