O‘zbek militsiyasi ham himoyaga muhtojmi?

Image copyright varlamov.ru

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bir guruh ichki ishlar idoralari xodimlarini mukofotlagan.

Kasbiy bayramini nishonlayotgan o‘zbek militsiyasi mansab vakolatlarini suiste‘mol qilish, fuqarolarning haq-huquqlarini toptash va qiynoqlar tufayli mahalliy va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari tomonidan muntazam ravishda tanqid qilib kelinadi.

O‘zbekistonda hanuzgacha militsiya haqida maxsus qonun qabul qilinmagan.

Inson huquqlari faoli Surat Ikromovning aytishicha, qonun loyihasi 2001 yildayoq tayyor bo‘lgan va Oliy Majlisga qabul qilish uchun berilgandi.

Biroq mamlakat parlamenti noma‘lum sabablarga ko‘ra, hozirgacha qonunni deputatlar muhokamasiga qo‘ymagan.

"Militsiya xodimlari bugungi kunda buyruqbozlik xizmatini o‘tashmoqda", - deydi huquq faoli.

Ba‘zi kuzatuvchilar jamiyat taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan ushbu qonunning yo‘qligi ichki ziddiyatga olib kelishi mumkin, degan fikr bildirganlar.

Huquq-tartibot idoralarining burch va vakolatlari hanuzgacha belgilanmagani bois, so‘nggi paytda militsiya xodimlarining o‘z ishlaridan ketish hollari ko‘payib bormoqda.

Xabarlarda ularning oylab maosh olmayotganlari, kun tartiblari belgilanmagani, pensiyadan mahrum bo‘layotganlari va boshqa qator qonunbuzarliklar qayd etiladi.

Surat Ikromovning aytishicha, militsiya xodimlarining o‘zlari unga qonun yo‘qligidan shikoyat qilishgan.

"2004-2005 yillarda tashkilotimiz norozilik piketlarini o‘tkazgan payti, militsiya xodimlari, mayorlar va boshqa yuqori martabali zobitlar mening oldimga kelib, "bizga qonunni tezlashtirib bering", deb deb iltimos qilishardi", - deydi u.

"Nima qilishni bilmaymiz. Faqat buyruqbozlik. Ishlash juda qiyin bo‘layapti, deb shikoyat qilishardi", - deya so‘zlarini davom ettiradi Surat Ikromov.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio