Tojikistonda ulkan qovun shaklidagi choyxona barpo etildi

Image caption Choyxonaning balandligi 43 metr

Tojikistonning G‘isor mintaqasida ulkan qovun shaklida barpo etilgan choyxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.

G‘isorning 3000 yilligiga bag‘ishlangan marosimda shaxsan prezident Imomali Rahmonning o‘zi ishtirok etgan.

Tojikiston prezidentining rasmiy vebsaytida aytilishicha, "qadimiy shaharsozlik an‘analariga muvofiq" barpo etilgan choyxonaning balandligi 43 metr, eni 55 metr va uzunligi 100 metrdan ko‘proq.

MDHning eng qashshoq davlati hisoblanadigan Tojikistonda davlat ahamiyatiga molik sanalar katta dabdaba bilan nishonlanadi.

So‘nggi yillarda ko‘plab yangi binolar bunyod etilgan.

Mamlakatda qovun va tarvuz kuni, asal va osh bayramlari keng nishonlanadi.

Shuningdek, hosil bayrami va Navro‘z tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi.

2009 yilda Tojikistonda 1501 metr uzunlikdagi va eni 7 metrlik bayroq tikilgan.

Hozirda poytaxt Dushanbeda Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid qurilishi davom etmoqda.

Tojikiston xaritasi shaklida bunyod etilayotgan masjid qurilishini Qatar moliyalamoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio