O‘zbekistonda yuksalish, mardikorlar va "shukroniy"lar haqida

O‘tgan hafta Facebook va Odnoklassnikidagi BBC O‘zbek xizmati mushtariylariga minbar berib, "Iqtisodiy o‘sish sizning turmushingizda sezilyaptimi", deb so‘ragan edik.

Hukumatga ishonadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi 8 foizni tashkil etgan.

Bu haqda Toshkentda o‘tgan joriy yilning 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga doir hukumat yig‘ilishida ma‘lum qilingan.

Rasmiy axborotda bildirilishicha, yil boshidan buyon ja‘mi 748,7 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan, shulardan 451,6 mingtasi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi.

Xabarda o‘tgan 9 oydagi inflyatsiya darajasiga oid hech qanday raqam keltirilmagan, faqat "inflyatsiya darajasi prognoz parametrlardan oshmagani" qayd etiladi.

Norasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, yil boshidan buyon o‘zbek so‘mi o‘tgan bir necha yil ichida misli ko‘rilmagan darajada qadrsizlangan.

AQSh dollarining narxi 6000 qadar chiqib, bir oz pastlagani haqida esa O‘zbekiston rasmiy matbuoti odatdagiday hech narsa demagan.

O‘zbek so‘mining keskin qadrsizlanishi esa aholining real daromadlari keskin tushib ketishiga olib kelgan.

Naqd pul taqchilligi bois pensiya va nafaqalarni to‘lashda jiddiy muammolar yuzaga kelayotgani xabar qilingan.

Rasmiy raqamlarga ishonilsa, so‘nggi besh yilda O‘zbekistonda qariyb 6 million ish o‘rinlari yaratilgan, ammo amalda 3 milliondan 5 milliongacha o‘zbekistonliklar har yili ish izlab Rossiyaga yo‘l oladilar.

Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz sabab mehnat muhojirlari uylariga yubrayotgan mablag‘lar miqdori ikki barobarga kamayib ketgan.

Ammo O‘zbekiston hukumati hech qanday inqiroz mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishga ta‘sir ko‘rsatmayotganini aytib keladi.

Siz O‘zbekiston hukumati bergan rasmiy raqamlarga ishonasizmi?

Yalpi ichki mahsulotning 8 foizdan kam bo‘lmayotgan o‘sishini o‘z turmushingizda sezayapsizmi?

Ana shu savollar atrofidagi bahsu-munozara bilan tanishing.

(Mushtariylarning izohlari aksariyat holatlarda tahrirsiz berilmoqda)

Mohira Ortikova: Albatta, Hokimiyat tepasida o'tirganlarning hayotida "iqtisodiy o'sish" yildan-yilga oshib borayapti. Chunki 30 millionlik aholi o'zi yemay, ularni yedirayapti, o'zi kiymay ularni kiydirayapti.

Bahodirkhon Eliboyev: Xalqdan pul qochgan... Sovuq tushib qoldi. Pul yo'q. Hali qaysi pulga o'tin olamiz deb o'tirganlar qancha?! Rossiyadagilar yo deport bo'lishyapti yoki Uzb.dan ketisholmayapti... Aliment to'lolmayotganlar soni qanchayu...Firibgarlik avj olgan. bir-birini aldab bo'lsa ham yashab qolsa bo'lgani... Shu iqtisodiy o'sishmi? U firibgar 3-4 oyda amnistiya bilan chiqib kelovradi. Mahallalar ichida ariq bor - suv yo'q, sim bor - tok yo'q, truba bor - gaz yo'q! Ichimlik suvlari traktorda sotiladi. Komxozga suv sepish moshinasi kelgandi u ham suv tashib sotyapti hozir. chelagi 250 so'm. 5-6 oyga gaz berishmaydi. Bir kun gaz yonib qolsa ertasigayoq eshikni buzib kirishga tayyor - gaz keldi 6 oylik haqqingizni to'lang! 4-5 oydan beri oyligini ololmayotgan zavodlar bor. FNPZ, Azot va hokazo. minglab ishchilar 4-5 oydan beri oylik ololmasa, shumi iqtisodiy o'sish! Bechora, bir kuni berib qolar deb ishga kelib ketsa. Aslida u ishga emas, mabodo oylik chiqib qolar deb keladi. Oyligini olsayu yo'lkira qilib Rossiyaga ketvorsa. SNB Prezidentga xizmat qilsa, xalq o'lib ketsayam gapirmasligi kerak, nolimasligi kerak, shukr qilishi kerak! Melisalar bilan qo'rqitvolishgan bo'lsa. Shu rivojlanishmi? smile emoticon Amaldorxalqqa emas o'zidan katta amaldorga xizmat qilsa, rivojlanish qoladimi? Choyxonalarda qimor avj olgan, ichkilik urchigan, fohishabozlikka berilgan... Agar bularning ortgani rivojlanish, o'sish bo'lsa, to'g'ri, biz juda rivojlanyapmiz!

Maksud Bekjon: "Ammo O‘zbekiston hukumati hech qanday inqiroz mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishga ta‘sir ko‘rsatmayotganini aytib keladi". ..... Xech kanday inkiroz (shu jumladan, iktisodiy inkirozning xam) "iktisodiy usish"ga ta‘sir kilmagani "usish"ning iktisodga xech alokasi yukligini kursatadi. Xuddi shuningdek, Uzbekiston xukumati "iktisod" deb atayotgan narsaning xam xalk xayotiga zarracha alokasi yuk, demak, xukumat, "usayapti" deganda fakat uz chuntagiga tushayotgan pul mikdorini nazarda tutishi mumkin.

Dilya Abdulagzamovna: Ishlash kerak feysda utirvolib xammani yemonlamasdan. Ishlasez pul buladi. Vatan uchun kaygursez usish buladi. Usha Rossiyadan deport kilinayetganlar aslida maktabda xam ukimagan. Bola boshidan bolani ukitish kerak.... ilmli kilish kerak. Shunda u mardikorchilik kilmaydi. Keyin bugun raxbar bulib utirganlarni ichida ukishdan xoli paytda mardikorchilik kilgan yeki ofitsiantlik kilganlar yukmi? Bor. Ammo bir narsani tushunishni istamaymiz yemon yemon deganimiz bilan xech narsa uzgarmaydi. Ukish kerak.... Ilmga intilish kerak... Goyalar bilan chikish kerak. Man 100% garantiya beraman usha yemon yemon devotganlarni xammasi uyda utirib vvsdan sokkasini olib, boshka xech nima kilmi utiradi. Ularni vazifasi fakst Uzbekistonni yemonlash. Yemonlashdan oldin uzilaga man Uzbekiston tarakkiy etishi uchun uz xissamni kushdimmi? Degan savol berila...

Abdusalom Juraboyev: Dilya siz nima qilgansiz vatan uchun, Rossiyada yurganlar maktabdayam o‘qimagan deyapsiz, men oldin kollej direktori bo‘lgan odamni Rossiyada mardikorlik qilib kelganini bilaman. Nimaga, kollejda bergan oylik nimagayam yetardi, o‘g‘il uylash kerak, qiz chiqarish kerak degan o‘sha odam, majburman degan. Men ham o‘qiganman byudjetda yaxshigina ishim ham bor Xudoga shukur, lekin atrofimdagilarni ko‘rib achinaman, o‘z akam ukam oshnalarim Rosssiyada. Nima ular menga o‘xshab yurtida ishlab yurgisi kelmaydimi, oila boqish kerak. Hamma ham oliy ma‘lumotli bo‘lmaydiku, ular uchun kim qayg‘uradi hukumat qayg‘urmasa.

Ibn Salim: Ahmoqona gaplarni gapirmen Dilya opa. Xalq qiynalib yetibti, siz yana xalqni ayblisiz. O‘sha o‘qimaganlar yetishtirvotgan kartoshkani yeysiz, mevalarni yeysiz, go‘shtni yeysiz. Keyin bunaqa gap gapirasiz. Odamlarni nalogni o‘zi qancha bo‘gib tashaydiku. Oddiy kamunalkalar.

Dilya Abdulagzamovna: Gap axmokona gap gapirishda emas. Gap bilasmi nimada, yemonlamaslikda. Urislarni bir makoli bor, xorosho tam, gde nas netu deydi. Keyin ukimaganlar uchun kanaka kilib kaygursin Vatan, kiynalayetgan xalk uchun nima kilib bersin. Ukimasayam, ishlamasayam, xech narsa kilgisi kelmasayam oylik bersinmi? Yeki VVS uchun xizmat kilganiga boshini silab kuysinmi. Yeki bulmasa kolledj direktori bulsayu uz ishini eplolmasa xam ishlatib kuyib oyligini oshirib bersinmi. Ayib xukumatda emas, ayib uzimizda. Chunki kollej direktori bulganimizdan keyin bollarni na davomati, na ukish darajasi bn kizikamiz. Ota ona bulib turib bolamizga bugun ukishga borma molga kara deymiz, raxbar bulib turib xukumat sallani olib kel desa kallani olib kelamiz.

Ali Khan: Bizda asosiy muammo xukumatni muammolarni kurishni, tan olishni istamasligida. Elektr gaz takchilligi, ishsizlik, korruptsiya degan muammolar aytilaverib, odamlarni medasigayam tegib ketdi. Xalkning xafsalasi koldi. Oxiri bariga kul siltab, kunikishga, uzi eplagandek tirikchilik kilishga majbur bulayapdi. Asosan chetda ishlab. Va ularning xammasiyam chalasavod emas. Ularning orasida diplomli, oliy malumotlariyam aanchagina. Undan keyin xozir chalasavodlilar bilan oliy malumotlilarniyam deyarli farki komayapdi. Chunki talim tizimini uzi jiddiy isloxotga muxtoj… Bir narsani xech chunolmiman: nega kupchilik vatan bilan xukumatni chalkashtirishadi?! Xukumat bu vatan diganimas. Uni tankid kilish xoinlikka kirmidi. Xukumatning bajarishi kerak bulgan uz funktsiyalari bor. Toki xukumat uz vazifasini bajarolmas ekan, xalkni ming xarakat kilgani befoyda, bu mamlakat oldinga karab yurolmaydi.

Ayub Pulatov: Siz uzizga,sharoitizga xammani tenglashtirmen. Nima uchun yaxshi yashashga xarakat kilish kerakmas?nima uchun yalgon ichida yashash kerak?televizorda boshka xayot,kuchada boshka xayot. Shu nuksonlarni xammamiz birgalashib tuzatish kerak

Ruzibay Azimiy: Afsuski, keng omma xukmiga xavola kilgan savollaringiz dangal savol emas. Berilajak javob uzlaringizga xam oldindan ma‘lum bulgan savolni yana kundalang kuyishdan ne naf? Axir Sizu bizning xukumatimizning rasmiy xisobotlariga mutlako ishonmay kuyganimizga 20 yildan oshmadimi? Shunday bulgach, nega yana "... ishonasizmi?" deb savol beryapsiz? Bu orkali nimani aniklamokchisizlar? Yeki xukumatning ta‘zirini berib kuymokchimisizlar? Agar shunday bulsa kanday kilib? Iktisodiy usish... Kuni kecha yana Shirkat (JEK) tomonidan domimizning xar bir pod‘ezdi eshigiga kommunal tulovlardan karzdorlar ruyxatini yepishtirib ketibdi. Ruyxatdan ma‘lum bulishicha mavjud 48 ta kvartiradan 46 tamiz karzdor ekanmiz! Bu fakat bizning domimizga tegishli gap... Agar iktisodiy jixatdan normal yashayetgan bulganimizda oddiy JEKdan karzdor bularmidik? Mana axvolimizni bildingiz, kanday chora kurasizlar?

Odilbek Urmonov: O‘rtacha ish xaqqi dollarda 200$ dan ham tushib ketdi. Lekin bizlar o‘rtacha oylik 500$ ko‘tarilishi haqidagi va‘dani eshitgan edik bir necha yil oldin.

Ali Khan: Elektr va gaz takchilligi, yukori darajadagi ishsizlik, jamiyatni xar bir soxani bosgan korruptsiya, inflyatsiya... Muammolarni cheki yuk. Ammo ular bilan kurashishni istaydigan odam yuk. Fakat soxta rakamlar bilan uzini va xalkni aldash bilan band

Maxim Grishin: A gde te kotorye pishut posle takogo posta: Zato tinchmizku! ))

Dilya Abdulagzamovna: Inflyatsiyaga kelsak u xozir xamma davlatlarda yuz berayetgan xodisa...Xudo shukur kililik osmonimiz tinch...Darvozani kulflash esimizdan chiksa uyimizga birov muralamidi. Foxishabozlik bilan ichkilik xamma zamonda bulgan..Ular bugun paydo bulib kolgani yuk. Bir birini aldash firibgarliklar xam xamma zamonda buladi. Siz shu kabi odamlar orasida bulsangiz. Demak siz ular katorida yurishga loyik insonsiz.

Gulshan Karaeva: Koruptsiyasiz kushsha-kushsha mashina, uylar kayokdan olinadi? Maoshga mashina olib buladimi?

Yusuf Yalangtush: O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi 8 foizni tashkil etgan deb , diktator Karimov va uni atrofidagi jinoyatchi amaldorlar oilaviy byudjeti xisobotini , kamtarona kamaytirib kursatilgan rakamlari kursatkichi bulsa kerak. Aslida ular kimni aldashmokchi ? Uz bola chakalarinimi ? Xar bir yolgon xisobot , jinoyat demakdur ! Albatta yolgonni umri kiska, Ular albatta konun va xalk oldida javobgarlikka tortiladilar !

Musannif Adham: Shukroniylar ko‘rinmaydimi

AbdulAziz Aziz: Ming martta shukr...

Odilbek Urmonov: Agar biz stabil sakkiz foizga o‘sib kelayotgan bo‘lganimizda xozir Xitoy xukumati bizga marketolog va kechli mutaxasislarini malaka oshirishga jo‘natishgan bo‘lardi. Xamma raqamlar yolg‘onligini oddiy yuqorida izoxlangan matematika ham izoxlab turibdi. Axir matematika aniqlikni yaxshi ko‘radi.

Asliddin Fayzullayev: Utadigan tinc kunlaringa wukur qisalaring bumedimi. Wu kecha kunduzda millionlab pul berib ham halovat topolmayotgan xalqla bor.

Rustam Bek: Iqtisodiy ösish bir meyorda qadamba qadam ötvotti xech kimni nolishga xaqqi yöq deyarli xar bir xonadonda avtomabil, sönggi rusumdagi uy rözg'or texnika buyumlari mavjud bu shunchaki gap emas bu xaqiqat dasturxonlar tökin bozorlarda meva sabzavot, gösht, yog, donli maxsulotlar xar kimning xamyoniga yarasha narxda bor birgina misol uzumni ming sömdan 10ming sömgacha bölgani guruchning 3mingdan 8minggacha bölgani

Odnoklassnikidan:

E H Z O D B E K→(fąňąt FCB): UZIYAM JUDAYAM NOWURUR ODAMLAR KUPIKAN ALLOHGA WURUR QIL YURTING TINCH TINCHLIKA NIMA ETSIN.. KIEN URTA OSYODA ING KUZGA KURINGAN YURTKU UZB.. UZIB CHIQARGAN MOWENALANI HATTO ROSSIYA ORZU QILADI..WUKURQIL AFGONLANI SURIYANI AHVOLINI KURYAPSANMI ALLOHGA WUKUR QIL...

Erkin M: Uzbekistonga kuz tegmasin. Uzbekiston nomer odin.

Bek IMPERATOR: Bizga sezilmasayam xukumatga seziladi. Ularni daromadi oshgan bulishi mumkin

Jamshid jamik: Xudoga ming shukr, mani oilaviy daromadim oshganini xar yil bilib boraman. Xovli kurayapman, ruzgorim but, farzandlarim sog, onam, ayolim xayotdan noliganini eshitganim yuk. Yana nima kerak yaxshi yashash shu bulsa kerak, ayrim davlatdagi odamlar mandan zur yashayotgan bulishi mumkin, lekin anik kimlardir mani xayotimni orzu kilishi anik. Xudoyimga ming shukr, shu kunga yetkazganiga. Yurtboshimiz sog bulsin, kolgan raxbarlarniyam xalk va jamiyat yulidagi ishlariga rivoj.

alyu min: Xamma joyda krizis uzda revojlanish ekanmi uzbekiston paralel olamda yashayapti manimcha

S T R Ye L E Ts: Umuman olganda yomon emas, kimdan oldin, kimdandar orta deganday... Lekin bu axmokona kuzbuyamachilk, kur kurona shiorbozlik, uzimiz xam ishonmaydigan balandparvoz yolgonlarni bafurja, rostday aytaverish odatlaridan kutulsak bundan xam yaxshirok bulardi. Sunggi vaktlarda "tinchlik shukurparvarligi sindromi" degan "kasallik" keng tarkaldi, guyo dunyoni urushu ofatlar kamrab olganday. Aslida esa dunyoni 200 dan oshikrok davlatlaridan kariyib 180 tasida tinchlik, xatto kupchiligi bizdan xam tinchrok va farovonrok.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq