AQSh IDga qarshi qo‘shin tashlashi mumkin

Image copyright

Amerika o‘zini Islomiy davlat deya atovchi guruhga qarshi kurashish uslublarini o‘zgartirishga ishora qilmoqda. Iroq va Suriya bo‘ylab yoyilgan ID jangarilarga qarshi quruqlikda urush olib borilishi mumkin.

Amerika Mudofaa vaziri Esh Karter "qimmatga ega nishonlarga qarshi havodan ko‘proq hujum" bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Kuzatuvchilar ko‘ra, yuqori mulozimning fikrlari jangari guruhlarni mag‘lubiyatga uchratishda oldinga siljish bo‘lmayotganini anglatadi.

E‘tiborga molik tomoni, AQSh Eron hukumatini birinchi marta Suriya urushi bzasidan xalqaro muzokaralarda ishtirok etishga chaqirgan.

Amerika-Iroq askarlari ID qo‘lidan 10 dan ortiq tutqunni ozod qilganidan bir hafta o‘tib, Janob Karter AQSh senatidagi Qurolli kuchlar qo‘mitasi oldida chiqish qilgan.

"Biz hamkorlarimizning ID qarshi hujumlarini dastaklashdan yoki havo hujumi yoda quruqlikdan harakat kabi mustaqil amaliyotlar o‘tkazishdan voz kechmoqchi emasmiz", - degan Esh Karter.

Biroq u "quruqlikdagi harakatlar" jumlasiga ochiqlik kiritmagan.

AQSh prezidenti Barak Obamaning ma‘muriyati Suriyaga qo‘shin yuborish qarshi bo‘lib kelgan, lekin Iroqda mamlakat armiyasiga harbiy ta‘lim beruvchi 3500 amerikalik harbiy bor.

Janob Obama oldinroq ID ga qarshi Amerika harbiylari quruqlikda amaliyotlar o‘tkazmasligini ta‘kidlagandi.

Mudofaa vaziri Karterga ko‘ra, IDning Suriyadagi Raqqa va Iroqdagi Ramadi mintaqasida joylashgan muhim pozitsiyalariga nisbatan avia zarbalar kuchaytiriladi.

Iroq harbiy kuchlari Amerika Harbiy havo kuchlarining yordami bilan Ramadini qaytarib olishga urinmoqda.

So‘nggi vaqtlarda AQSh boshchiligidagi koalitsiya uchoqlari Suriya bo‘ylab havo hujumlari sonini kamaytirgan. Pentagon ma‘muriyati ushbu faolsizlik Rossiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlariga bog‘liq emasligini bildirgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio