Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekistonda strategik muhim korxonalar xususiylashtirilishi yangi ish joylarini yaratadimi?

G‘arb matbuotida e‘lon qilingan Toshentdagi so‘nggi xalqaro biznes forum haqidagi maqolalarda bunday tadbirdan naf bor yoki yo‘qligi savol ostiga olinarkan, O‘zbekiston hukumati nihoyat xususiylashtirishni jadallik bilan o‘tkazishga bel bog‘lagani haqida e‘lon qilgan.

O‘zbek rasmiylari keng targ‘ib qilgan mazkur anjuman turli xorijiy shirkatlarning besh yuzdan ortiq vakili, sarmoya fondlari hamda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banklari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Sarmoyalarni jalb etish maqsadida 60 dan ortiq muhim korxona savdoga qo‘yilgani, umumiy qiymati 12,4 milliard dollarlik shartnomalar imzolangani xabar qilinmoqda.

Xalqaro moliya tashkilotlari va iqtisodiy tahlilchilar, O‘zbekistonda sarmoya muhiti qulay emasligi bois xorijiy investorlar juda katta risk bilan hisoblashishlariga to‘g‘ri kelganlari va ko‘plari bizneslaridan ayrilganlarini aytib keladilar.

Ular toki iqlim radikal tarzda o‘zgarmas ekan, sarmoyadorlar O‘zbekistonga pul yotqizishdan bosh tortaveradilar, deb ogohlantiradilar.

Ba‘zi sharhlovchilar, ushbu forum orqali hukumat bo‘shab qolgan davlat g‘aznasiga tushum tushirish va yangi ish joylarini yaratishni ko‘zlamoqda, degan fikr bildirganlar.

Iqtisodchi Saparboy Jubayevning aytishicha, katta inshootlarni savdoga qo‘yib, xususiylashtirish jarayoni O‘zbekistonda 1995-1996 yillarda boshlagandi.

"Ming afsuski, monetar va fiskal siyosatlariga davlat aralashgani bois bu xususiylashtirish amalga oshmadi".

Bugungi kunda siyosatni o‘zgartirmasdan oldin, "biz bu inshootlarni ertaga sotamiz, hammasini xususiylashtiramiz" deyish bilan maqsadga erishib bo‘lmaydi, deydi Saparboy Jubayev.

"O‘zbekiston rahbariyati o‘z fikrini o‘zgartirishi qiyin. Agar siyosat o‘zgarsa, sarmoyadorlarning o‘zlari keladi, ularni bunday forumlar tashkil qilib chaqirib o‘tirishga hojat ham bo‘lmaydi" - deya xulosa chiqaradi iqtisodiy tahlilchi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio