Tojikiston: zobitlar qotillari uchun mukofot puli

Tojikiston Ichki Ishlar vazirligi Dushanbe shahridagi harbiy komissariat zobitlarini o‘ldirgan shaxslarni topishda ko‘mak berganlarga 10000 AQSh dollari miqdorida mukofot puli e‘lon qilgan.

Hodisaning 7 noyabr, shanba kuni Dushanbe shahrining Sino tumani harbiy komissariatida ro‘y bergani xabar qilinmoqda.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi xabar qilishicha, noma‘lum shaxslar harbiy komissariat mayori, leytenanti, praporshigi va haydovchisini pichoqlaganlar.

Jinoyat harbiy komissariat xodimlari bilan noma‘lum shaxslar o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida sodir etilganini aytmoqda rasmiylar.

Oqibatda bir kishi hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Yana bir inson shifoxonada vafot etgan.

Ichki ishlar vazirligi jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlashga yordam beradigan ma‘lumot uchun mukofot puli e‘lon qilgan, harbiy komissariat yaqinidagi kuzatuv kamerasidan videotasvir jamoatchilikka tarqatilgan.

Ushbu xabar Internet ijtimoiy tarmoqlarida muhokamalarga ham sabab bo‘lgan, tojikistonliklar harbiy komissariat xodimlarining harbiy xizmatga chaqirilgan o‘smirlarni qiynab yuborishlari haqida yozganlar.

Ushbu muhokamalarga javoban Tojikiston mudofaa vazirligi qotillik harbiy xizmatga chaqiruv bilan bog‘liq emas, degan bayonot bilan chiqqan, harbiy xizmatga chaqirish rejasi hali noyabr oyi boshidayoq bajarilgani aytilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio