Hindiston: Bollivud, to‘y izquvarlari va "Mahatma Gandilar"

Image copyright AFP

Chorshanba kuni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ilk bor Buyuk Britaniyaga kelishi kutilmoqda. Ammo, uning bepoyon va rangin mamlakati haqida nima bilasiz? Biz sizga 10 ta bilish lozim bo‘lgan ma‘lumotni taqdim qilamiz:

1. BMT tadqiqotlariga ko‘ra, 2022 yilga borib Hindiston aholisi soni Xitoynikidan oshib ketadi va dunyodagi eng aholisi ko‘p mamlakatga aylanadi.

2. Taxmin qilinishicha, Hindistonda 1,000 dan ortiq tilda so‘zlashiladi.

Image copyright AFP

3. 2010 yil tadqiqot natijalaridan jahondagi 94 foiz hindular Hindistonda yashashlari ma‘lum bo‘lgan. Va "Pew Research Center" tadqiqotlar markazi hisob-kitoblari 2050 yilga borib, Hindistonning musulmon aholisi soni 310 millionga yetishi (bu global miqyosdagi sonning 11 foizi deganidir) va dunyodagi eng ko‘p musulmon aholiga ega davlatga aylanishini ko‘rsatgan.

4. Hindistonda dunyodagi eng katta film sanoati mavjud: Forbes jurnali ma‘lumotlariga tayanilsa, Bollivud 2012 yilning o‘zida 1,602 ta film ishlab chiqargan va bu sohada peshqadamlikni qo‘lga kiritgan bo‘lgan. Bu Bollivud ijodkorlari Nigeriyadan biroz oldinda ekanlari, Hollivuddan ikki baravar, Buyuk Britaniyadan esa, 10 marta ko‘p film ishlab chiqarganlarini anglatadi.

Image copyright AFP

5. Qariyb barcha yuk avtomobillari orqasida "Singnal bering, iltimos" yozuvi bitilgan. Hindistonda boshqa bir avtomobil ortidan kelayotgan haydovchilar signal berishga rag‘barlantiriladi.

6. Hindistonda to‘y-hashamlar uchun juda katta mablag‘ sarflanar ekan, to‘y izquvarligi katta biznesga aylangan. Oilalar xususiy izquvar yollab, bo‘lajak kelin yoki kuyovning kimligini o‘rganishni so‘rashi odatiy hol.

7. Hindiston eng ko‘p mango yetishtiriladigan va iste‘mol qilinadigan mamlakat hamdir. Hind mangolarining bir necha yuz turi mavjud. 30dan ortiq turi savdoga chiqadi.

Image copyright AFP

8. 2008 yil Hindiston ilk bor oyga missiya yo‘lladi.

9.Shuningdek, Hindiston dunyoning eng katta demokratiyasi hisoblanadi.

10. "Ginnes rekordlari kitobi"ga ko‘ra, rekord ko‘rsatish bo‘yicha Hindiston AQSh va Britaniyadan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Yaqinda Mahatma Gandiga o‘xshab kiyinish bo‘yicha rekord qo‘yilgan. Mahatma Gandinikiga o‘xshash libos kiyib to‘planganlar soni 891 nafarga yetgan.

Image copyright AFP

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq