Krishtianu Ronaldu "yolg‘iz hayot kechiradi"

Image copyright Reuters
Image caption Ronalduning do‘stlari guruhi juda tor

Krishtianu Ronaldoning hayoti haqidagi yangi hujjatli filmning muallifi Ronaldo yolg‘izlikda yashashini aytadi.

Jeyms Gey-Ris o‘tmishda braziliyalik Formula 1 haydovchisi haqida olgan "Senna" filmi bilan tanilgan.

"Ronaldoning do‘stlari guruhi juda tor, u oilasi qurshovida yashaydi", - deydi Jeyms.

"U darajadagi mashhurlikka erishgach, inson nimalardan voz kechishi kerakligini bizdek oddiy odamlar tushunishi qiyin", - deya qo‘shimcha qiladi u.

Image copyright epa
Image caption Ronaldu filmdan mamnun bo‘lgan

Hujjatli filmning kinochi guruhi Real Madrid va Portugaliya o‘yinchisini bir yil davomida suratga olishgan. Jeymsning aytishicha, u Ronaldoning o‘z yulduzlik mavqeiga qanday yondoshishidan hayratga tushgan.

"Biz Krishtianu Ronaldo kekkayib, jaraq-jaraq pul ishlab yuradi deb tasavvur qilsak kerak, lekin u bu kabi maqomga ega bo‘lishi uchun juda ko‘p narsalarni qurbon berishi kerak", - deydi muallif.

Jeymasning BBCga aytishicha, Ronaldo filmni bir necha bor tomosha qildi, bir ikkita sharhni hisobga olmasa, u filmdan mamnun bo‘lgan.

Unga ko‘ra, mazkur yulduzning "kalondimog‘" ekani borasida noto‘g‘ri xulosalar qilingan.

Image copyright Reuters
Image caption Ronaldu juda ko‘p mashq qiladi

"Global miqyosdagi super yulduz bo‘lish oson emas. Aksincha, bu dahshat. Aytmoqchimanki, uning hayoti juda tartibli va aniq qoidalarga asoslangan. U juda ko‘p mashq qiladi. U misli ko‘rilmagan darajada o‘z ishiga berilgan. Filmning ajoyib tarafi shuki, unda nima uchun Krishtianu o‘z ishiga bu qadar berilgani izohlanadi".

"U jahondagi eng mashhur odamlardan biri, ajoyib futbolchi. Odamlar uni bilamiz deb o‘ylashsa kerak, lekin aslida yanglishadilar", - deydi u.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio