Rossiyalik talaba "IDga a‘zo bo‘lishga uringan"

Image copyright RIA Novosti
Image caption Mahkamada Karaulova ID saflariga qo‘shilishga uringanini tan olgan

Moskva Davlat Universitetida ta‘lim olayotgan talaba qizga qarshi Suriyaga ketib Rossiyada man etilgan ekstremistik tashkilot – Islomiy Davlatga a‘zo bo‘lish harakati ayblovi ilgari surildi.

Bu haqida tergovchi mahkama chog‘ida e‘lon qildi.

Ayblanuvchi Varvara Karaulova ikki advokat himoyasidan voz kechgan. Uning himoyasi uchun hozirda boshqa ikki advokat tayinlangan.

Karaulova yaqinda o‘z ismini Aleksandra Karabanovaga o‘zgartirgani ma‘lum bo‘ldi.

Seshanba kuni Moskva shahar mahkamasi Karaulovaning hibsga olinishi naqadar qonuniy ekanini ko‘rib chiqadi.

Uning himoyasi unga yumshoq jazo berilishini so‘ramoqda.

27 oktyabrda Karaulovani ID safiga yollashga urinishda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olingandi.

Talaba qizning o‘zi 28 oktyabrda hibsga olingan va "Lefertovo" hibsxonasiga joylashtirilgan.

Uning Suriyaga ketib radikal guruhlarga qo‘shilish niyati o‘tgan may oyida ayon bo‘lgandi.

Aytilishicha, u ota-onasidan yashirin holda xorijga chiqish uchun maxsus pasport olgan va Turkiyaga uchgan.

Suriya bilan chegarada uni Interpolning turk xodimlari qo‘lga olishgan va Rossiyaga topshirishgan.

Ilk so‘rovlar ortidan Ichki ishlar vazirligi unga qarshi jinoiy ish ochmaslik qarorini olgandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio