Ijtimoiy minbar: Hokimning bolasi hokim, mardikorniki mardikor bo‘ladi...mi?

Xorijiy davlatlar, asosan Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning aniq soni haqida hukumat ma‘lumotlarni oshkor etmaydi.

Ammo ayni soha mutaxassislariga ko‘ra, bu son jami 5 milliondan kam emas.

Facebook va Odnoklassnikidagi BBCUZBEK sahifasida o‘quvchilarimizdan biz O‘zbekistonda ish bo‘lsa, chetga ketarmidingiz, deb so‘radik.

Xorijga ishga ketganlar kim - oilasini ta‘minlash uchun uzoq va sovuq o‘lkalardan ish izlagan mehribon ota yo ona, mas‘uliyatli o‘g‘il yo qizmi?

Yoki O‘zbekistonda bot-bot aytilgani kabi "vatandagi noz-ne‘matlarga shukur qilmay, boylik ortidan quvgan noshukurlar"mi?

Mazkur savollarimizga Ijtimoiy Minbarimizdagi bahsda qatnashgan o‘quvchimiz Zulfiya Ro‘ziMuhammadning fikri turtki berdi.

"Ish haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Bergan oyligi yo‘l kirangizga yetmaydi" - O‘zbekistondagi ahvolni tasvirlagan o‘z sharhida bu o‘quvchimiz.

"Chet elga chiqib ishlasang, nega O‘zbekistonni uyaltirib, u yoqda ishlading, deyishadi".

Zulfiya o‘z fikrini mana shunday xulosalagan:

"Shunaqa ekan, o‘z xalqingni qoyillatib, boqib qo‘y!"

Javoblar bilan tanishing.

(BBC O‘zbek xizmati o‘quvchilarimiz fikr-mulohazalarini asosan tahrirsiz chop qilmoqda)

Nigora Usarova: Dangillama uchaska dangillama tuy kilmasa uzbekka oila tebratishga yetadi Uzbekistondagi daromati juda isrofgarchilik kup urf odatimizda

Nigora Ahmedova: Yoq uncha kop harajat yoq urta miyonada sal.oyliklarni owirib iqtisodni tiklaw kerak.qanaqa daromadi bor odamlari?hech qanaqa.2sotx yeridan nima oladi db uyliysz.iw bolmagandan keyin oylik qaerdan olsin bechara odamla.500 dollrga yetadigan oylik olsin har br odam.kam daramad xam 400 dollrga teng bolsin.oliy magistri btrganla 600 ..700 dollrga teng haq olsagina sal iqtisod yaxwilansa kerak.

Mahmudjon Ogli Ummatov: Koil bu gaplarni ayel kishi yezvotimi, axir siz tumushga chikmagan bulsangiz tuyingiz oddiy bulishini xoxlarmidiz degan savol keladi?

Nigora Usarova: Oddiy tuy bulib baxtli bulsam buldide tuyda yeb ichib ketganla baxt yasab berarmidi rus xalki 50 ta odam bn tuyini utkizadi zato mazza kilib yashidi tuyni xarajatiga uzlariga kvartila mashina oladi dam ogani boradi tuy bir ikkinli utadi ketadi nima keregi bor shuncha xarajatni undan kegin kotgan yeb utirish yaxshimi?

Tohir Bilolov: Nigora Usarova Shu fikringizga kushilaman.Lekin, yukoridagi finkringizga uzingiz xam ishonmaysiz. Dangillama uchastkani kuyib turing, Uzbekisondagi urtacha $200 maoshga (u xam borda bor, yukda yuk) ikkita bolangizning maktabga tayyorlash xarajatlarini koplasa koplaydi, bulmasa yuk.Endi ozik ovkat, kommunal xarajatlar, kiyim kechak kabi birlamchi xarajatlar....Mashina minish yoki kvartira olishni unuting. Milliardlab kubometr gaz eksporti, tonnalab oltinlar, paxta tolalari....

Diyorka Ronaldo: xamma ukimaganla ketib yotibdida. Ukiganla kallasi ishlaganla davlat ishida ishlab boyib yotibdi. Boylar bizadayam kup borib ruslani uyini tozalaguncha uzimizni uzbeklani uyini tozalasin uborshchitsalarga bizadayam oyiga 300-400$ beoishadi. Uzini urnini Vatanida topmagan chet elda topadimi? Xamma joyda elon berilgan ishga kabul kilamiz deb albatta ukiganlani. Ukimagan savodsiz kaysi tashkilotga kerak?

Rustam Karim: Xozirgi siyosiy rejimni yer bilan yakson kilib va xar bir tadbirkor va dexkonni ishiga siyosiy tarafdan karamasdan,erkinlik berilganda,O‘zbekiston mardikor yetishtirib bermagan bo‘lardi,aksincha yukori malakalik va xatto Nobel mukofoti soxib va soxibalarini yetishtirgan bo‘lardi!!!

Odilbek Urmonov: Otangizni pulga karrilab yashab yurubsizda "Diyorka Ronaldo" bo‘lib. Sizga qolsa chet yelga ketib qora terga botib, xalol mexnati bilan pul topayotgan sho‘r peshonalarni ustidan erinmay kulib ham qo‘yaverasiz.

Bahodir Kadirov: Bu postni ukiyetgan Aziz vatandoshlar nima bulganda xam vatanimiz-millatimizga, ota-onamizga isnod keltiradigan ishni kilmanglar. Korin g‘amida- pul topish tashvishida insoniylik g‘ururini xor kilmanglar. UZBEK nomini sharaflashimiz va ulug‘lashimiz lozim.

Akmal Maxmudov: Men 10 yildan beri chetda ishleman xozir Uzbekiston ogir axvolda tan olish kerak lekin xurmatli Prezdentimiz I A Karimov xarakat kilib sekin asta yoshlarimizga ish urinlar yaratyapti bizda juda katta loixalar amalga oshyapti va yakin kelajakda xammamiz Uz yurtimizda ishlaymiz va yashaymiz. yana bir tomonlama uylash kerakmas fakat xar tomonlama uylab yaxshi infratuzilmasi Uzbekiston da oldiga kuyilgan maksad.

Kobeysin Bayrambekovich Ayazbayev: Ish kiganni aybi yuk,tirikchilikni aybi yuk,zato xalol mexnat kilsang chet elga borib ishlaganlar kul bulishadi,mardikor bulishadi,kulbozorda turishadi,bu ular uchun ayb emas,uyat xam emas bu uzb xukumati uchun sharmandali xol,buni chet ellarda kulbozorda turganlar,kimsasiz yerlarda sovikkotib kontinerda yotganlar tushinishadi.

Nurjahonbek Qurbonov: Uzbekistonni eng kotta xatolaridan va muammolaridan biri bu Uzbekiston fukarolari chetelda ishlayetgani.

Ali Khan: Uz nonini xalol topib yevotgan busa buni nimasi ayb?! Oddiy xalkni turmush darajasini kutarvotganla aslida usha oddiy odamla. Xokimyatni tepasida utirvolib, kogozda xamma ishni koyillatib, aslida xammasini uzini chuntagiga urvotgan luttiboz amaldorlamas.

Odnoklassnikidagi BBCUZBEK guruhi a‘zolarining fikrlari

ISLOM UZB: Qaniydi ish kup bulganda yaxshi pul tulaganda uzoq yurtda sarson bulib yurmardi...

alyu min: ish bulsa agar fakatgina dunyo kurgani ziyorat kilgani maksadida uzbekistonni tashlab ketardim. boy davlatlarda kanchalik yaxshi bulmasin aborogenlar sizga 2 sort odamday karaydi xukuklaringiz xam shunga yarasha.

Shuhratbek Rahmatullayev: Ish narida tursin, svet va gaz yo‘q ku! Ishni gapirishadi!

AShOTIK TRUBAShATALIH: "Nega doim O‘zbekistonni yomonlaysizlar?" – degan noroziliklarga ko‘zim tushib turadi, ba‘zi Facebookdagi bahslarda qatnashganimda. Ayniqsa biror bir tanqidiy fikr bildirsang, seni dushmanga va yomon niyatli odamga chiqarishadi. Menimcha vatandoshlarimiz bilan bir narsani aniqlab olishimiz kerak. O‘zbekiston bizning Vatanimiz, biz uni sevamiz va O‘zbekistonni, ya‘ni vatanimizni hech qachon yomonlamaymiz. Vatanimiz O‘zbekiston – bu boshqa narsa va shu nomli davlatda, hokimiyatga ega bo‘lgan siyosiy kuch bu boshqa narsadir. Vatan bu doimiy, hukumat esa vaqtinchalik va u almashib turadigan siyosiy kuch. Biz hukumatni ham yomonlamaymiz, biz hukumatni faoliyatini muhokama qilamiz. Bizning fikrimiz hukumatnikidan farq qiladi, biz unga, ya‘ni hukumatga tanqidiy yondashamiz. Vatanimizdagi hukumatni tanqid qilish, bu O‘zbekistonni yomonlash degani emas. Hukumatni va unga rahbar bo‘lgan shaxslarni tanqid qilish bilan nimaga erishmoqchimiz? Maqsad Vatanimiz O‘zbekistonda xalqimiz hayoti yomon tomonga emas, balki yaxshi tarafga o‘zgarishiga erishish. Hukumat, davlatni boshqarish mas‘uliyatini o‘z zimmasiga oldi va bu bilan Vatanimizda bulayotgan barcha ishlar uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga yukladi. Demak, biror bir kamchilik bo‘lsa biz kimga murojaat qilishimiz kerak? Albatta davlat va hukumat ishlari uchun javobgar bo‘lgan shaxslar va idoralarga! Biz aynan shunday qilyapmiz, poraxo‘rlik bo‘lsa, biz u haqida gapiryapmiz, o‘g‘irlik bo‘lsa, odam o‘ldirilsa yoki boshqa noto‘g‘ri ish bo‘lsa biz jim turganimiz yo‘q. Javobgarlikni va mas‘uliyatni o‘ziga olganlar, yo‘l quyilgan kamchiliklar va xatolarni to‘g‘rilasin deb tanqid qilamiz. Bu ishimiz to‘g‘rimi yoki yo‘qmi? Albatta to‘g‘ri, chunki agar biz yo‘l qo‘yilgan xatolarni, noto‘g‘ri ishlarni tanqid qilmasak unda Vatanimiz O‘zbekistonga yomonlik tilagan bo‘lamiz. Axir biz Vatanimizni sevamiz va Vatanimizda hech qanday kamchiliklar bo‘lmasligini xohlaymiz. Shuning uchun bizga:" O‘zbekistonni tanqid qilma!" – degan odam, aslida o‘zi Vatanimizni dushmanidir, chunki uning gaplari odamlarni Vatanimizda yaxshilikga intilish va kamchiliklarni yo‘q qilish harakatidan qaytaradi. Prezidentlar, davlat rahbarlari, vazirlar, hokimlar keladi va ketadi, Vatan esa abadiy qoladi!

Quzivay Quchqarov: Amaldorlarning Tilbizorda aytishligicha Xar yili bir millionta ish urni yaratilar yekan aytsak 25 yilda 25million ish urni yaratildi deylik Uzbekiston axolisi jami 32million shulardan 7 millioni bogcha maktab kolej litsey va voyaga yyetmaganlarni tashkil kiladi shunnay kilib 25million voyaga yyetgan ishlay oladigan axolidi ish bilan taminlangan bulsa nega unna 2 milliontadan kup odam chet yelda ishlashyapti aytsak tilbizorda axoli ish bilan taminlandi deb aytuvchi amaldorlar yalgon aytishar yekanda, shunnay kilib buyuk kelajakga yyetib olamiz

ZOKIR ALI: Xa xa xa bizda bir gap bor hokimdi bolasi hokim boladi! Biz rassiyachi biz bolalarimiz kim boladi???????????

S T R Ye L E Ts: Migratsiya xar kanday davlatda, xatto eng rivojlangan davlatlarda xam bor, fakat umumiy ishchi katlamni (18 dan 50-55 yoshgacha bulgan axoli) 4-8 foizini tashkil kilgan migratsiya normal xolat xisoblanadi. Bizda esa ishchi katlamni (urtacha 12-14 mln.) 4-5 mln.ga yakini turli davlatlarda muxojirotda, bu umumiy ishchi katlamni35- 40 foizini tashkil kiladi. Yurtdagi kolgan 60 foiz katlamni xam 30 foizga yakini mustakl tirikchilik kiluvchilar (dexkonlar, chorvadorlar, xunarmand-savdogarlar, mardikor va yollanma ishchilar) kolgan 30 foizga yakini davlat muassasalari, ishlab chikarishda ishlaydi. Bunday kursatkich xukumatni normal faoliyat yuritolmayotganidan dalolatdir, ya‘ni 30 foiz axolini ish bilan taminlab "buyuk kelajak" kurish axmokona chupchakdan uzga narsa emas.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq