Xalqaro Amnistiya: Xitoyda qiynoqlar hamon ko‘p qo‘llanmoqda

Image copyright Other

Xalqaro Amnistiya tashkiloti e‘lon qilgan yangi hisobotga ko‘ra, Xitoy hukumati islohotlarni va‘da qilganiga qaramasdan, iqrorlik ko‘rsatmalarini qo‘lga kiritish maqsadida politsiya qiynoq qo‘llashni davom ettirmoqda.

Qiynoqlar, ayniqsa, dissidentlar, milliy ozchiliklar vakillari va diniy tashkilotlar a‘zolari so‘roqqa tutilayotgan paytda ko‘proq qo‘llanadi, deyiladi hisobotda.

Amnesty International hisoboti qariyb 40 xitoylik inson huquqlari himoyachisining intervyulariga asoslangan.

Hisobotda aytilishicha, "tikanli darra" va "yo‘lbars stuli" deb ataladigan qiynoq usullari keng tarqalgan va muntazam ishga solinadi.

Faollar "yo‘lbars stuli"ning shafatsizligini ta‘riflab berishgan.

Unda tutqun oyoqlari uzatilib qattiq bog‘lanadi, tovoni tagiga g‘isht qo‘yilib g‘ishtlar soni ko‘paytirib borilaveradi.

Shuningdek, uzoq vaqt davomida uxlashga ruxsat berilmaydi, ovqat va suvsiz qoldiriladi.

Image copyright Other

Politsiya istagan iqrorni olish uchun gumondorlar poyafzal yoki suv to‘ldirilgan idishlar bilan urish, tepishlarga duch keladi.

Xitoy oliy mahkamasi qiynoqlarni 2013 yili rasman taqiqlaganiga qaramasdan, mamlakatda qiynoq amaliyotlaridan hamon keng miqyosda foydalanilmoqda, deya tasdiqlaydilar inson haqlari tashkilotlari.

Shu yil may oyida inson huquqlarini himoya qilish Human Rights Watch xalqaro tashkiloti Xitoydagi qiynoq usullariga bag‘ishlangan hisobot e‘lon qilgan, unda ham qiynoqlar muntazam va keng miqyosdaligi urg‘ulangan edi.

Bunga javoban Xitoy Tashqi ishlar vazirligi mamlakat qonunchiligi so‘roq paytida qiynoq qo‘llashni taqiqlashini aytib chiqqan edi.

Xitoy rasmiylari qiynoq qo‘llagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi, deydilar.

Biroq Xalqaro Amnistiyaga ko‘ra, advokatlarning qattiq harakat qilishlariga qaramasdan, qiynoqlar haqidagi da‘volar oddiygina inkor qilinadi.

Xalqaro Amnistiya hisoboti Jenevada Birlashgan Millatlar tashkiloti Xitoydagi insonlar huquqlari vaziyati muhokamasiga bag‘ishlangan majlisdan bir hafta oldin e‘lon qilingan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq