"O‘zbekistonda halol boylik orttirgan milliarder yo‘q"

Image copyright china.org
Image caption Janob Azimov boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farqning katta emasligini urg‘ulagan

"O‘zbekistonda milliarderlar yo‘q va bo‘lmaydi ham!"

Bosh vazir Rustam Azimovning Toshkentdagi investitsiyaviy forumda aytgan ushbu so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda bahsu munozaralarga sabab bo‘lgan.

Janob Azimov boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi jarlikning katta emasligini ham urg‘ulagan.

U mamlakatda rasman milliarderlarning yo‘qligini iqtisodiy rivojlanishning o‘zbek modeli erishgan yutuq sifatida taqdim etgan.

O‘tmishda Prezident Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova Twitterdagi sahifasida Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimovning o‘zi mamlakatdagi norasmiy milliarderlardan biri ekanini iddao qilgan edi.

Azimov bu iddaoni tasdiqlamagan, rad ham etmagan.

Karimova xonim 2013 yildagi twitlarida shuningdek, mamlakat parlamentining yuqori palatasi- Senatda "besh nafar milliarderlar" borligini da‘vo qilgan, ammo hech kimning ismini bermagan.

Bosh vazir muovinining so‘zlaridan hukumat bundan keyin ham rasmiy milliarderlarning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini anglash mumkin.

Biznes forum qatnashchilarining ushbu bayonotga munosabati qanday bo‘lgani ma‘lum emas.

Ammo ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonliklar bildirgan munosabatlardan xulosa qilinadigan bo‘lsa, o‘zbek boylari bor, ammo ular o‘z boyliklarini oshkor qilishdan qo‘rqishadi.

Facebook va Odnoklassiniki dagi BBC O'zbek sahifalarida sharh qoldirgan aksariyat O‘zbekistonda boylik orttirayotgan qatlam asosan, hokimiyatga yaqin odamlardir, degan fikrda.

(Sharhlar deyarli tahrir va tuzatishlarsiz chop etilmoqda. Haqoratli so‘zlar va ochiq tahdid ishlatilgan barcha izohlar o‘chiriladi va mualliflarga ogohlantirishsiz to‘siq ( blok ) qo‘yiladi-tahr.)

Xikmat Ziyadullayev: 90-yillarning o‘rtalarida chet el bank hisoblarida 350 million u. ye. dan ortiq puli bor davlat arbobi hakida eshitgandim. Qizik, hozir qancha bo‘lgan ekan hisob raqamlarida?!

Azizbek Ergashev: dengi lyubyat tishinu ,,, degan so'zlarga amal qilishadi biznikilar , ko'z-ko'z qilmaydi

Farkhod Abdurakhmonov: Agar hech qanday administrativ resursga ega bo‘lmasdan ish qiladigan tadbirkor bo‘lsa, u hech qachon milliarder bo‘la olmaydi va davlat bunga yo‘l qo‘ymaydi ham. Shu nuqtai nazardan milliarderlar bo‘lmasligi mumkin. Biz aynan ana shunday tadbirkorlar milliarder bo‘lishlariga imkon yaratib berishimiz kerak va davlat strukturasi hamda huquqni muhofaza etuvchi organlarda ishlovchilar milliarder bo‘lib ketishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz shart. Jamiyatda muvozanatni saqlash uchun esa soliq mexanizmini to‘g‘ri amalga oshirishimiz lozim bo‘ladi.O‘zbekistonda boylar bilan kambag‘allar o‘rtasidagi farq oz ekanligi haqiqatdan ancha yiroq, ya‘ni statistik ma‘lumotlar real emas. Mamlakatda qancha ko‘p aholi boy bo‘lsa shuncha yaxshi, ammo bu o‘rinda kim qanday boy bo‘layotganligiga ahamiyat qaratishimiz kerak. Boyish poraxo‘rlik va korruptsiya hisobidan emas, balki odilona erkin bozor munosabatlari, halol raqobat, mehnatga munosib haq to‘lash, xususiy mulkni rag‘batlantirish, o‘rta qatlam vujudga kelishini har tomonlama davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi orqali bo‘lishi kerak.

Xon Keldi Alim: Shuncha pulni kayerdan olayapsan,bir kirdikori bor buni, deb oborib, qamab tashashadi, shunday ekan, qaysi axmoq boyligini oshkor qilardi?. Bizda hamma narsa maxfiy xisoblanadi. Byudjet ham, odamlarni hamyoni ham,bunga burningni suqsang, burningdan ayrilasan.

Ikbol Turaev: O‘zbekistonda bechora boylar bor.

Pulat Turon: Bor!!.. Qonunniyam sotib olishadi kerak bo‘lsa. Qarabsanki kambagalni bolasi aybni sakovlarcha orkalab kamalib ketaveradi.

Dilmurod Khodjabaev: Xudo xohlasa hammamiz milliardlarga ega bo‘lamiz!

Yadgar Xodjaniyazov: Bo‘lgan taqdirdayam maxfiyligicha koladi. Buni oshkor qiladigan jurnalist va statist hali dunyoga kelgan emas va hech qachon kelmaydi ham.

Nuriddin Ashurov: hamma vazirlar milliarder, hokimlar millioner… Gap ko‘p, odamlar qo‘rqadi …

Maxim Grishin: Bizda milliarderlar yo‘q va bo‘lmaydi! Glupeyshiy i tupoy mneniya! Mneniya cheloveka kotoryy ponyatiye ne imeyet i nichego smyslet v ekonomike! Vet imenno milliardery i oligarxi yavlyayutsya upravlyayushchimi ekonomiki strany! Imenno oni sozdayut proizvodstvo! Imenno u nix rabotayut lyudi, rabochiye, spetsialisty, zarabatyvaya deneg dlya svoyu semyu! I prinosyashchiye pribyl dlya svoyey strany!

Dilmurod Isxakov: Yo‘q, hamma kambag‘al

Ilkhom Toshboev: Alisher Usmonov bor-ku.

Zuhriddin Normatov: Dang‘illama uchastkalarni narxini hamma bilsa kerak

kitob - bilim manbai: R. Azimovning aytgan gaplari to‘g‘ri, chunki O‘zbekistonda Bil Geyts, Stiv Jobs yoki "v kontakte"ning yaratuvchisi P. Durov kabi o‘z mehnati, aql-zakovati bilan boylik orttirgan milliarderlar yo‘q. Borlari esa xalq, davlat mulkini o‘g‘irlagan...

...Bizni so‘m hisobida esa deyarli hamma millioner, aniqrog‘i millioner-nishchiy

abdulaziz: aslini olganda bizada milliarderlar yetarlicha topiladi, faqat ular o'zlarini bildirmasdan yurishadi, xatto karimov ham aytgan, bizga oligarxlar kerakmas deb, bizning oligarxlar oddiy lasetti,kaptivada yurishadi

baxtli malak nanosh: To‘g‘ri, halol mehnatdan hech kim boyimagan

Piyaniy samuray: Milliarderlar yo‘q bizda deb karillaguncha, svet bilan gazni qo‘shib qo‘y, qish kelyapti...

Alloh buyukdur: O'zbekistonda milliarderlar barmoq bilan sanar darajada, u ham bo'lsa, davlatga albatta bevosita aloqador odamlar. Bu meni shaxsiy fikrim, chunki O'zbekistonda xech qanaqangi yirik korparatsiyalar yo'q, yani nodavlat.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq