AQSh "Jihodiy Jonni" nishonga olgan

Image copyright video
Image caption Imvoziy g‘arblik garovdagilar kallasidan judo etilgan videolarda suratga tushgan edi

AQSh kuchlari Suriyada "Islomiy davlat"ning "Jihodiy Jon" nomi bilan bilingan jangarisini uchuvchisiz uchoqdan nishonga olgan.

AQSh mudofaa vazirligidagi manba‘ning aytishicha, payshanba kuni Raqqada amalga oshirilgan dron hujumida als ismi Muhammad Imvoziy bo‘lgan jangarining o‘ldirilgan bo‘lishi ehtimoli katta.

Quvaytda tug‘ilgan britaniyalik jangari Imvoziy g‘arblik garovdagilar kallasidan judo etilgan videolarda suratga tushgan edi.

Britaniya Bosh vaziri Devid Kameron Imvoziyning nishonga olinishini "to‘g‘ri ish" deb hisoblashini aytgan.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Filip Xemmond esa "havo zarbasi muvaffaqiyatli bo‘lgan" deb ishonishlarini bildirgan.

Anglashilishicha, nishonga olingan avtoulovda Imvoziy bilan birga yana bir kishi bo‘lgan.

BBCning xavfsizlik masalalari bo‘yicha muxbiri Frank Gardnerning yozishicha, garchi Imvoziyning "Islomiy davlat" da hech qanday harbiy roli bo‘lmagan esa-da, u g‘arblik ko‘mak tashkilotlari xodimlari va jurnalistlarni shafqatsizlarcha o‘ldirgan jangari sifatida AQSh va britan josuslik xizmatlarining asosiy nishonlaridan biriga aylangandi.

Shu yil fevralida shaxsi oshkor etilganidan so‘ng, Imvoziy ko‘zdan uzoq bo‘lgan va o‘zining qayerdaligi borasida hech qanday "raqamli iz" qoldirmaslikka harakat qilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio