Parij hujumlarida 100 dan ortiq inson qurbon bo‘lgan

Image copyright AFP

Frantsiya poytaxti Parijda bir necha otishma va portlashlar ro‘y bergan, politsiya 129 inson qurbon bo‘lgani haqida xabar qilgan.

Bataclan san‘at saroyida garovga olinganlarni ozod qilish chog‘ida kamida 100 inson halok bo‘lgan.

Frantsiya o‘z chegaralarini yopgan va mamlakatda favqulodda vaziyat e‘lon etilgan.

Prezident Olland Frantsiyada favqulodda holat e‘lon qilgan, mamlakat chegaralarini yopishini aytgan."Biz birlashishimiz kerak, terrorchilar bizni qo‘rqitmoqchi bo‘lishadi. Terror qarshisida biz birlashmog‘imiz lozim".

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Barak Obama Frantsiyadagi otishmalarga doir bayonot berar ekan, "Biz Frantsiya bilan terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashda birgamiz", deb aytgan.

Image copyright AFP

"Bu yurakni o‘rtaydigan vaziyat va biz Amerikada buni tushunamiz, chunki o‘zimiz bu kabi holatlarda bo‘lganmiz".

Otishmalar Stad De Frans mintaqasida ro‘y bergan.

Kamida bir shaxs avtomatik quroldan Petit Cambodge restoraniga mijozlarga o‘t ochgan.

Restoran Parijning 11-tumanida joylashgan.

Mulozimlar parijliklarga o‘z uylarini tark etmaslik maslahatini berishgan.

Poytaxt bo‘ylab harbiylar joylashtirilmoqda.

Image copyright Reuters

Shuningdek, Parijning Bataclan san‘at markazi yaqinida ham otishma bo‘lgan.

Bir necha kishi san‘at markaziga yaqin joyda halok bo‘lgan.

Qurollilar Bataclan ichida odamlarni garovga olgan.

San‘at saroyiga politsiya hujum uyushtirgan.

U yerda kamida 100 inson halok bo‘lgan.

Politsiya insonlarni garovga olgan ikki qurolini otib o‘ldirganini xabar qilgan.

Bataclan san‘at markazida rok kontsert kechayotgan bo‘lgan. Kalifoniyaning Eagles of Death Metal rok guruhi kontserti boshlanishidan bir soat o‘tib, bir va yo ikki kishi osmonga o‘q uzgan.

Stad De Frans stadionida Frantsiya va Olmoniya o‘rtasida futbol o‘yini o‘tayotgan bo‘lgan.

Bu yerdagi bar tashqarisida ham uchta portlash haqida xabar qilingan.

Frantsiya prezidenti Fransua Olland o‘yinni tomosha qilayotgani va keyinroq xavfsiz bir joyga ko‘chirilgani aytilmoqda.

BBC muxbiri Petit Cambodge restorani yonidagi ko‘chada o‘n nafar insonning yerda yotgani ko‘rgan, ammo ularning o‘lik yoki yarador ekani ma‘lum emas.

Uning aytishicha, bu yer politsiya tomonidan qurshab olingan.

Boshqa bir guvohning Liberation ga aytishicha, rue de Charonne ko‘chasidagi qahvaxonada kamida 100 karra o‘q uzilgan.

Ayrim xabarlarda, bu hujumlar olti nafar shaxs tomonidan amalga oshirilgani aytiladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio