O‘zbekiston: Tekshiruvlar radikallashish va terrorchilikning oldini oladimi?

O‘zbekistondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, terrorchi guruhlarga aloqador shaxslarni aniqlash maqsadida fuqarolar va ularning turar-joy yerlaridagi qaydlarini tekshirish jarayoni kuchaytirilgan.

"Uzmetronom.com" websahifasining yozishicha, tekshiruvlar asosan xorijdan qaytgan shaxslarga qaratilgan. Ular militsiya idoralariga chaqirtilib, xorijga safarlarining tafsilotlari haqida so‘roqqa tutilmoqda.

"Inson huquqlari tashabbus guruhi" rahbari Surat Ikromovning BBC bilan suhbatda aytishicha, ayniqsa Toshkent shahrida militsiya xodimlarining uyma-uy yurib pasportlarni tekshirayotganlariga guvoh bo‘lmoqda.

Surat Ikromovga ko‘ra, bu amallar Suriya va Iroqdagi o‘zini “Islomiy Davlat” deya atovchi guruh faoliyati va ularning saflariga qo‘shilish ilinjida bo‘lganlarni aniqlash yo‘lida qilinmoqda.

Huquq faoliga ko‘ra, O‘zbekistonda "pasport rejimi" tadbiq qilingani sababi fuqarolardan hamisha yonlarida hujjatlarini olib yurish talab qilinadi va huquq-tartibot organlari xodimlari hujjatlarni har qanday vaqtda tekshirish huquqiga egalar.

"Lekin xodimlarning uyma-uy yurib hujjat tekshirishlari faqatgina oxirgi vaqtlarda kuzatilayotgan holatdir. Bu bilan birgalikda tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda".

Surat Ikromovning aytishicha, O‘zbekistondan ham xorijga jihodiy guruhlar saflariga qo‘shilish uchun ketganlar aniqlangani tufayli bu kabi hollarning oldini olish uchun o‘tkazilayotgan tadbirlar qaysidir ma‘noda foydalidir.

Lekin ayni vaqtda bu kabi tekshiruvlar jarayonida qonun-qoidalarga rioya qilinishi va kimdir gumondor sifatida hibsga olingan taqdirda, ularning ayblari qat‘iy dalil-isbotlar bilan tasdiqlangan, so‘roqlar davrida qiynoqlar qo‘llanilmagan ekanligiga ishonch hosil qilish muhimdir.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio