Rossiyalik sportchilar xalqaro musobaqalardan chetlashtiriladi

Image copyright AP
Image caption IAAF rahbari Sebastian Kou aytishicha, Rossiya sportchilariga nisbatan qabul qilingan qaror eng qattiq qarordir

Yengil Atletika federatsiyalari Xalqaro assotsiatsiyasi IAAF o‘zi tashkillashtiradigan musobaqalardan rossiyalik yengil atletikachilarni vaqtincha chetlatgan.

Doping mojarosi ortidan IAAF - (International Association of Athletics Federations) Kengashi rossiyalik sportchilarning musobaqalardagi ishtiroki masalasini muhkama qilgan.

IAAF Kengashi 24 a‘zosidan 22 tasi chetlatish taklifini ma‘qullabovoz bergan.

Yengil Atletika federatsiyalari Xalqaro assotsiatsiyasi qarori qabul qilinishi bilan kuchga kirgan.

Bu degani Rossiyaning yengil atletika bo‘yicha terma jamoasi Rio di-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida qatnasholmaydi.

9 noyabr kuni Doping mojarolarini tekshirish bo‘yicha tuzilgan Jahon Aksildoping agentligi (World Anti-Doping Agency - WADA) komissiyasi yo‘lga qo‘ygan mustaqil komissiya o‘z hisobotinie‘lon qildi.

Komissiya Rossiya sportchilari firibgarlikka qo‘l urayotganlari haqidagi da‘volarni tekshirgan.

Bu da‘volarda aytilishicha, rossiyalik yengil atletikachilar taqiqlangan doping moddalarini qabul qilganlar, so‘ng natijalari "toza chiqishi" uchun Rossiya aksildoping rasmiylariga pora berganlar.

Bunday amaliyot Yengil Atletika Federatsiyalari Xalqaro assotsiatsiyasi - International Association of Athletics Federations (IAAF) tomonidan taqiqlangan.

WADA hisobotida aytilishicha, doping oldini olish yoki kamaytirish yo‘nalishida Rossiyada "muntazam talabga javob bermaslik" holati mavjudligi aniqlangan.

Yengil Atletika federatsiyalari Xalqaro assotsiatsiyasi rahbari Sebastian Kou aytishicha, Rossiya sportchilariga nisbatan qabul qilingan qaror eng qattiq qarordir.

So‘nggi qaror ortidan Rossiya yengil atletikachilari Rio de-Janeyrodagi musobaqalardan chetlatilishlaridan tashqari 2016 yili Rossiyaning Cheboksari shahrida o‘tkazilishi mo‘ljallangan Sport yugurishi bo‘yicha Jahon kubogi ham bekor qilinadi.

Shuningdek, 2016 yili Qozon shahrida rejalangan yoshlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish huquqidan ham Rossiya mahrum etiladi.

Bu musobaqalar endi qayerda o‘tkazilishini IAAF hal qiladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq