Toshkentda yana yer qimirladi

Seshanba oqshomida Toshkentda zilzila yuz bergan. Mahalliy matbuotning xabar qilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 22:30da yuz bergan zilzilaning kuchi 2,5-3 ball bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona vodiysi yashovchilari u yerda ham yer qimirlashi sezilganini yozishmoqda.

Facebook foydalanuvchilaridan biri javonlar va lyustralar titragani, yana biri esa yurib ketayotgan oila a‘zosi yiqilishiga oz qolganini yozdi.

Zilzila markazi Qirg‘iziston hududida, Toshkent shahridan 306 chaqirim uzoqlikda bo‘lgan. U yerda zilzila kuchi 5,7 ball deya qayd etildi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi zilzila kuchi Andijonda 4 ball, Farg‘ona va Namanganda 3 ball, Sirdaryoda esa 2 ball bo‘lganini ma‘lum qildi.

Insoniy talafotlar va vayronagarchiliklar borasida xabar yo‘q.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio