Rossiya: Aksildoping agentlik isloh qilinadi

Image copyright Reuters

Rossiya o‘z Aksildoping agentligini isloh qilishga va‘da bergan, biroq uni butunlay tarqatib yubormasligini aytgan.

Yaqinda Rossiya sportchilari firibgarlikka qo‘l urayotganlari haqidagi da‘volar o‘rtaga chiqqandi.

Mazkur iddaolarga ko‘ra, rossiyalik yengil atletikachilar taqiqlangan doping moddalarini qabul qilganlar, so‘ng natijalari "toza chiqishi" uchun Rossiya aksildoping rasmiylariga pora berganlar.

Doping mojarolarini tekshirish bo‘yicha tuzilgan Jahon Aksildoping agentligi (World Anti-Doping Agency - WADA) komissiyasi rossiyalik yengil atletikachilarni musobaqalardan chetlatish tasviyasi bilan chiqqan va chorshanba kuni Rossiya agentligini "talabga javob bermaydi", deb topgandi.

Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutkoning aytishicha, agentlikni to‘la qayta tuzish zaruratini tan oladi, ammo uning faoliyat ko‘rsatishiga zin beriladi.

Jahon Aksildoping agentligi Andorra, Isroil, Argentina, Boliviya va Ukrainadagi Aksildoping agentliklarini ham talabga javob bermaydigan

Belgiya, Braziliya, Frantsiya, Yunoniston, Meksiko va Ispaniyaga kelasi yil martiga qadar ahvolni yaxshilash muhlati berilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio