O‘zbekistonda mustaqillik davri binolari nega sifatsiz?

Image caption Mustaqillik qurilishlari

"Minor" masjidi gumbazi qoplamasi bir yilda o‘pirilib tushdi, Toshkent yaqinida 1999 yili yotqizilgan gaz quvuri portlab ketdi, Urganchdagi bog‘da qulagan ko‘prik esa o‘ndan ziyod inson umriga zomin bo‘ldi.

Yangi qurilayotgan "namunali uylar" esa, BBCmuxlislaridan birining aytishicha, "Karimov va uning quruvchilariga uyni qanday qurmaslik kerak deb namuna qilib ko‘rsatish lozim"...

BBCUZBEKning ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Facebook va Odnoklasskinida ko‘targan mavzusi O‘zbekistondagi qurilishlarning sifati bilan bog‘liq edi.

Ne sababdan oxirgi yillari tiklanayotgan binolar "mendan ketguncha, egasiga yetguncha" qabilida qurilmoqda?

Zilzila tez-tez ro‘y beradigan O‘zbekistondagi yangi inshootlar sifatiga ishonasizmi?

O‘zbekiston poytaxtida katta dabdaba bilan ochilgan "Minor" masjidi gumbazi sirtidagi moviy koshinlar bir yilga yetar-etmas qo‘porilib tushdi.

Ayni voqeadan bir necha hafta oldin, avgust oyining oxirida esa Toshkent viloyatidagi mustaqillik yillari yotqizilgan gaz quvuri portlab ketgandi.

1999 yili yotqizilgan quvur 20 yilga yetmay portlab ketgan bo‘lsa, mustaqillik davrida tiklangan boshqa binolar va yotqizilgan quvurlar xavfsizligiga ishonish mumkinmi?

(Hatto hukumatga yaqin websahifalar ham bu quvur portlashi sabablaridan biri sifatida uning elektrokimyoviy himoyasi bo‘lmaginini taxmin etgandi).

Ayni hodisadan atigi ikki hafta oldinroq Xorazmda qulagan ko‘prik insoniy fojeaga aylangandi.

Urganch shahridagi qayta ta‘mirlangan "Yoshlar" ko‘lida kontsertga kelgan odamlarni ko‘tarolmagan ko‘prik qulab, 10 nafardan ko‘p odam halok bo‘lgan.

Fojea ortidan bevosita Prezident Islom Karimovning topshirig‘i bilan uning sabablarini o‘rganish uchun maxsus hukumat komissiyasi tuzilgan va qurbonlarning oilalariga yordam berilgandi.

Bugun qishloqlarda tiklanayotgan namunaviy uylarni sotib olayotganlar ham binolarning sifati o‘ta yomonligini, ko‘pchilik ularni ta‘mirlab, keyin ko‘chib kirishayotganini aytishadi.

Yaqinda esa ayrim mutaxassislar Toshkent tsirki oldida ochilgan bolalar o‘yingohi qulab tushadi, deya yozishdi.

Unda o‘zbekistonlik ba‘zi mutaxassislar tunnel ustini ochiq havoda ishlatilmaydigan materiallar bilan yopishganini va bu ham yetmagandek, ana shu xatarli tom ustida bolalar maydonchasi barpo etishganinidan xavotir izhor qilishgan.

Siz yangi bino va inshootlar mustahkamligiga ishonasizmi? Ularning sifatidan ko‘nglingiz to‘ladimi?

Ne bois eski inshootlar qolib, yangilari nurab tushmoqda?

(Facebook va Odnoklassnikida qoldirilgan izoh, munosabat va fikrlarning aksariyati tahrirsiz berilmoqda)

Sayyora Kasymova: Buncha odam xitoy devoriga chiksa xitoy devoriyam aganidi kuprik emas

Bahodir Boboyev: Qorovullar qaramagan.Hamma koprikka chiqqan. Odamlar ozi bilgan holda chiqishgan . Bu baxtsiz hodisaga quruvchini ayblab bumidi.

Sayyora Kasymova: Xitoydigi minglab sayyox xitoy devori ustila kontsert kurmaydi kegin kuprik joyida turibdi aganagani yuk. Kontsert kuprik ustida bulmagan. Bu baxtsiz xodisa bu yerda ustalaram kontsert tashkilotchilariyam aybdor emas xech kim kuprik ustidan joy bor deb bilet sotmagan

Eshel Mest: Bbc sifatsiz bulsa xam shu masjidni kurgan Karimovga 1000 raxmat.Sizlar masjid gumbazini 100 marta olamga kursatib Karimovni xatto shunday guzal ishini ustidan kulishni xarakatidasizlar. Uyaling ozgini. Karimov sifatsiz bulsa xam shunday guzal mamjid kurib berdi xalkka. BBC sizlar nechta masjid kurib kuydinglar Uzbekistonga kelib???

Jabbor Pirimovich : ...Prezident k,aysi puliga k,uradi? Xalk,ning puliga k,uradi. Temur bobomizning k,urgan imoratlari, necha asrdan beri turibdi..?... Umrbod turadi, bobomizniki! uziga uxshaydigan , talabga javob bermaydigan imoratni, kurgan x,ozirgi "avliyo"larning umri x,am k,urgan imorati kabi k,isk,adir! Buni yodda sak,lash kerak, tomosha endi boshlanadi..

Eshel Mest: ...Kim puliga kursa sizga nima farki bor. Glavnoye kurildi. Xalk puli kurildi demokchisiz. Usha xalk puliga yevropadan Villa sotib olsa nima kila olardingiz???

Ben Den: BBC Uzbek taxririyatiga ming raxmat ! Muammo borki, bu mavzuni kutarishibdi. Xalkimiz xavfsizligi va ijtimoiy axvoli , kolaversa davlat moliyaviy zarar kurmasligi uchun , bu muammolarni yechimini topish juda zarur. Ayrim ongsiz, savodsizlar xakikatni kumib "giybatchilar", "bizda xammasi yaxshi", "muammo yuk" deb yozganlar, davlat va xalkimizga karshi xarakat kiluvchi , fakat zarar keltiruvchi , adashgan insonlar . Bunday unsurlarni xayotda bir tiyinga kimmat, katta nol "0" deymiz ! Aslida bu trollarga , Milliy Xavfsizlik Xizmat xodimlari , konstitutsiya, davlat va fukorolarga zarar yetkazuvchi jinoyatchilar sifatida chora kurishlari kerak ! Endi asosiy savolga kaytsak , O‘zbekistonda mustaqillik davri binolari nega sifatsiz ? Birinchi muammo poraxurlik ! Korruptsiya va kora iktisod . Sovet davridan meros bulib kolgan sxema buyicha , xar xir kurilishlarda, katta bino-imoratlar yoki yul va kuprik bulsin, xammasi amaldorlar va uyushgan jinoiy guruxlar xamkorligida, pul yuvib, bank orkali firibgarlik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish yulga kuyilgan. Xar bir amaldorlar va korxonalar, bir birlari bilan kelishgan xolda, kurilishga ajratilgan mablaglarni chegirib, uz chuntaklariga yani xisoblariga utkazib boylik orttirish bilan, davlatga va xalkka sifatsiz inshoatlar, yullar va kupriklar topshirib, kuzbuyamachilik, firibgar-ugrilik kilmokdalar. Katta binolarni gapirmasak xam buladi, xatto insonlar xayotiga sifatsizligidan xavf soldigan kupriklar va yul kurulishlarida juda katta zarar keltiruvchi kamchiliklarni kurish mumkun.Bunday zararlarni esa, davlatga va fukorolarga kasddan kuporuvchilik-diversiya yoki sobataj-atayin zarar keltirish bilan tenglashtirish mumkun. Oxirgi yillarda kurib topshirilgan inshoatlar, kuprik va yullar xech kaysi biri dunyo standartlariga javob bera olmaydi. Bu yozganlarim shunchaki ustki bir kurinish, lekin kerak bulsa bu maxinatsiya - firibgarlik tizimlaridan tortib, amaldorlarni jinoyatlari sababli arxitektorlar kogozida boshka, amalda xuja kursinga kurib topshirilayotgan sifatsiz inshoatlar butkul boshka ekanligini chukur isbotlab bera olaman.

Nabiullo Asadulaxojiyev: Katejdi narxi 200 milion so'm ekan qaysi axmoq oladi shuncha pulga

David Rogers: Umuman ishonch yoq. Hammasi qulaydi. chunki ajratilgan materiallar to'liq ishlatilmasdan balki yarmidan ko'pi bazi mansabdor shaxslarning uylarini tamiri uchun ishlatiladi, yoki oddiygina pulining o'zi cho'ntaklarga kirib ketadi. Yangi qurilgan o'sha namunali uylarning tomi salgina shamol bo'lsa 500 metr narida yotgan bo'ladi.

Pulat Turon: Fundamentga tsement kushmaydi, paxsaga tuprok kushmaydi! umuman aytganda balik boshidan sasiydi.! Tepadagi poraxurlarga insof bermasa, ugrilik bilan semirib utiraveradi.

Ali Khan: Ugirlik, davlat mulkini talon taroj kilish avj olgan. Bu narsa kurilish soxasigayam yetib kegani achinarli.

Xon Keldi Alim: Namunaviy uy joylarning sifatsiz kurilayotgani bu ayni xakikat!

Ali Khan: Xususiy kurilish shirkatlarini tashkil kilish, xukumat moliyalaydigan kurilish va tamirlash ishlari ustidan nazoratni kuchaytirish kerak. Shunda biror natija kutsa buladi.

Aziz Raximov: Kurilish ishlariga mas‘uliyat bilan yondashilmayapti. Kurilishlar uz smetalarida kursatilganidek nukta verguligacha kurilmayapti, kurilish materiallaridan ayrim mansabdor shaxslarni uylari bitib kolishi xisobiga urib kolinmokda. Kurilishni topshirish-kabul kilish vaktida kabul kilib oluvchi yoki nazoratchilarni ogzi yoki chuntagi moylanmokda. Yukorida yozishlaricha bu yerda Prezidentning umuman alokasi yuk. Bu shu kurilishga mas‘ul bulgan ayrim nopok, xaromdan kurkmaydigan, uz ishiga vijdonan yondashmaydigan shaxslar ayibdor deb bilaman. Shuning uchun xam kayerda davlat byudjeti xisobidan kurilish ishlari amalga oshirilsa, shu bino inshoatni kurgan pudratchiva subpudratchilarining mansabdor shaxslari sudlanmokda, kamalmokda, lekin kurilish ishlari kungildagidak oxiriga yetkazilmayapti

Jadyra Baubekova: Mustakkilikni daxli bormi yokmi bilmadim lekin kuplab kurilmalarning nomiga kurilib kayta kayta remont bulayotgani rostku. Nmeye bor gapni yozib chiksa ushani dushman kurasilar

Bekzodinfo Uz: O'zbeklar öziga özi zarar yetkazadi,o'g'ri bo'gandan keyin shu ahvol böladida.Qurilish materiallarini ög'irlab,kam ishlatib sifatsiz qilib mandan ketguncha egasiga yetguncha qiladi. Oddiy ishchidan tortib ish boshqaruvchilarigacha g'irt ög'ri kazzoblar yig'ilgan.Poraxörlik,ög'rilik özbeklarni qon qoniga singib ketgan.O'zbeklar halol yashay olmaydi,nega?Chunki halol ishlab topgan puliga qoniqmaydi.Uy,moshina olaman,to'y qilaman deb kerak bölsa yuqorida aytganlarimdek og'rilik ham qiladi.Mana özbeklarni ahvoli.

Jabbor Pirimovich: Nima natija kutmok,chisizlar? X,okimiyat almashsagina,yangilik kuting! Bulmasa eski tos.....

Sanjar Fazliddinovich: Quriliwga dölatti ayblaw hato agar yoqmasa xichkm wu uylani dömlani omasin oganlaga kese judayam hursan oganla. wu iwlani dölat qbermasa halq özcha qlomidi bitta uy 200milyon ö dimizu bitta g'iwt mingsom qöyw mingsom quriliw qgan bladiki tayyor uyga bu pul 200milyon tabiy ketiwi masjitga kese uji restavratsa böldi xsop endi bowqa qurlwdi kamchlilaga kese u qaysdr manoda iwchlani iwi tez bitrp pulolw 6ylawi praraplani trichli undan bundan uriwi lekin dölat urgn sfatsz qgn dimidiyu narmalni pul ajratadi kmladr yevoriwi mumkin uzb dan ayb qdrsa köpdr lekin quriliwdan ayp qdrgan adawadi

Umid Raxmatov: Tuppa tugri, masalan wu maktaladigan namunaviy uylarni olsak, xamasi kiwda bowlanib, fundamenti 0.50 sm kazilib kurilayabdi, yana kiwda sovukda betonni muzlatib, eng arzon sifatsiz kuriliw materiallaridan foydalaniwadi, kogozda kimmat kilib kursatiwib , chuntaklarini tuldiriwyabdi, tekwiruv komisiyasi kelganda uni xam ogzi borku, ediriwib topwiriwayabdilar. Umuman olganda yangi kurilgan binolarga iwonmayman

Sherzod Nurmuhamedov: Bu vatan bizniki guruch kurmaksiz bomidi ish bor joyda kamchilik boladi va bu kamchilik sekin sekin bartaraf etib kelinmoqda

Odnoklassnikidagi BBCUZBEK guruhida ayni mavzuga qoldirilgan fikr-munosabatlar, izohlar:

Sherxan Buranov: Xamma tomon köz böyamachilik, qalbaki

Tulkin Abdullayev: Xaltura xaltura deb yezishipdi xamma Lekin bir narsani bilish kerak bu yerda fakat davlatni ayblash notugri davlat pul ajratayaptm yetarlicha lekin u yelda bulinib ketyapti xalk tayer emas bu narsaga bizda oson organdik davlatni yemonlashga mana bir gap aytaman meni uyimda usta ishladi va u menga 1 kv metri 600 ming turadigan kafelni 300 mingdan sotdi chunki u davlat kurayatgan obektda xam ishlarkan mana kayerdan paydo bolyapti oddiy usta ogirlik kilyapti a proraplarni aytmasa xam boladi men ozimizni aybdor kilardim birinchi orinda xamma aybni davlatga agdarishdan oldin davlat ajratayapti xamma narsa sifatli bolishi uchun Kachon ozimiz tushunib yetsak shunda ozgarish boladi a to davlatni ayblagandan xech narsa chikmaydi Xar yili 10 ta 20 ta yangi konun chikadi Lekin biz xali konstitutsiya nimaligini tushunganimiz yek albatta xammani aytmokchi emasman 31 mln axolidan 30 mlnini aytyapman 1 mln odam tushunadi deb oyliman Albatta bu meni fikrim

A Z: Xalq konstitutsiyani bilishi shart emas !Yoki hech qayerga yozib quyilmagan. Tinchlikni davlat emas xalq ushlab turibdi

RUSTAMMALIK AXMEDOV: Xozrgi imoratlarga ishonmayman uzim ustaman bilaman. Masalan namunali uylarda ishalasengiz prarablar pulni yarmini berb yarmini bermaydi keyin ustalar shunga karab ish kiladi prarablar u ustani xaydab boshka usta olb keladi uniyam nayrang kilb yuk kiladi okibatda ish chala koladi kegin ishchi yuk xokimga yalinadi xokim byudjetdagilarni junatadi doktor ukituvchi murabiylar ayniksa 2 yeshli bolalarni pulini oladigan oilalardan odam junatib butkazishadi .Axir ularga baribirdirku mendan ketguncha egasiga yetkuncha deyishadi kissadan xissa xammasi mablagga kadaladi.Bir ukituvchi kushnim birkun manga bizgayam kurlish ishlaridan topb ber dars yuk kunlari kilamiz degani men Unga eee aka oliy malumotlisiz uyat buladi sizga dars utib bolalarni yaxshlab tarbiyalen xudo sizga beradi desam u manga manga ishomayapsanmi namunali uylarga maktab tomondan braverib ustayam bolb ketdim ayniksa pol kokishni sindirvoraman deydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq